O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakili BIPMning ionlovchi nurlanishlar bo‘yicha xalqaro seminarida ishtirok etdi

🌎 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (http://nim.uz/ru) mutaxassisi 2025-yilning 5-6-noyabr kunlari Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM, Sevr, Fransiya) (https://www.bipm.org/en/) shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Ionlovchi nurlanish bo‘yicha Maslahat Qo‘mitasi (CCRI) ning xalqaro seminarida ishtirok etdi. Tadbirlar radionuklidlar metrologiyasining kelajagi, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanishlar metrologiyasining rivojlanish tarixi va istiqbollariga bag‘ishlandi. ✍️ Dastur doirasida 2025-yil 6-noyabrda O‘zMMI mutaxassisi Azamat […]