![]() |
![]() |
Bugun poytaxtimizda boshlangan jahon metrologiya sohasidagi nufuzli xalqaro anjuman — Mintaqaviy metrologiya tashkilotlari va Xalqaro oʻlchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) huzuridagi Mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining qoʻshma qoʻmitasi (JCRB)ning 49-yigilishi birinchi ish kunini yakunladi.
Anjuman Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, unda BIPM direktori doktor Martin Milton, mintaqaviy metrologiya tashkilotlari rahbarlari, xalqaro ekspertlar hamda dunyo metrologiya sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
![]() |
![]() |
Birinchi ish kunida JCRBning asosiy vazifalari — CIPM MRA kelishuvi doirasida kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarini oʻzaro tan olishni muvofiqlashtirish, xalqaro solishtirishlar boʻyicha yakuniy hisobotlarni koʻrib chiqish, SMS qatorlarni nashrga tayyorlash, shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish va stajirovkalarni tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining xalqaro faoliyatdagi ishtiroki, BIPMda roʻyxatga olingan solishtirish loyihalari va milliy etalonlarning xalqaro tan olinishi boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
![]() |
![]() |
Tadbir ishtirokchilari taʼkidlaganidek, Toshkent shahrida JCRB yigilishining oʻtkazilishi nafaqat Oʻzbekiston balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va ilgʻor tajribalarni joriy etishda yangi imkoniyatlar yaratadi.
Yigilish ertaga — 24 sentyabr kuni ham oʻz ishini davom ettiradi.
![]() |
![]() |







