Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Muhokamada – hamkorlik loyihalar va istiqbolli rejalar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati va mas’ullari o‘rtasida metrologiya hamda muvofiqlikni baholash sohasida amalga oshirayotgan hamkorlik loyihalari va kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

✅ Uchrashuvda 2024-yilda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida metrologiya sohasidagi amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi natijalari va ushbu amaliy tadqiqot loyihalari doirasida yosh olimlarni Italiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardagi hamkor ilmiy tashkilotlarga stajirovkaga yuborishni tashkil etishda qilinadigan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅ Shuningdek, xorijiy grantlar doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Kvant metrologiya laboratoriyalarini tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.
Bundan tashqari, Navoiy viloyati sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarida, shu jumladan, bentonit xomashyosidan yangi turdagi yuqori qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy qilish va mahsulotlarni eksport qilish uchun laboratoriya sinovlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Navoiy filiali laboratoriyalarini jihozlari bilan ta’minlash taklifi ko‘rib chiqildi.

✅ Jumladan, bentonit mahsulotlari koʻrsatkichlarini laboratoriya sinovlaridan oʻtkazishni amaldagi 70 foizdan 100 foizga yetkazish maqsadida, zarur boʻlgan sinov vositalarini ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha ishlarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil