Aniq vaqt

MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA OLIY TA’LIM BILAN ISHLAB CHIQARISHNING INTEGRATSIYASI

Oliygohlarda o‘quv jarayonning samaradorligini oshirishda rejalashtirilgan ishlab chiqarishning malakaviy amaliyoti katta ahamiyatga ega. Ushbu amaliyotlarga qatnashib, talabalar o‘qish davrida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan olingan bilimlarga tayanib, amaliy tajriba kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.
Ma’lumki, “Ta’lim, o‘quv-uslubiy, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, kadrlar tayyorlash” yo‘nalishlarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish maqsadida Memorandum imzolangan.

Mazkur Memorandumga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 2025 yil 13 yanvardan 8 fevralgacha O‘zMMIda ishlab chiqarishning malakaviy amaliyoti tashkil etildi.
Ushbu amaliyotda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishi talabasi Shaxzoda Baxriddinova faol qatnashib, etalonlar bazasini o‘rganib, o‘quv jarayonida olingan nazariy bilimlari asosida amaliy ko‘nikma va malakalarni oshirib kompetensiyalarga ega bo‘lishiga erishdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil