MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA OLIY TA’LIM BILAN ISHLAB CHIQARISHNING INTEGRATSIYASI

Oliygohlarda o‘quv jarayonning samaradorligini oshirishda rejalashtirilgan ishlab chiqarishning malakaviy amaliyoti katta ahamiyatga ega. Ushbu amaliyotlarga qatnashib, talabalar o‘qish davrida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan olingan bilimlarga tayanib, amaliy tajriba kompetensiyalariga ega bo‘ladilar. Ma’lumki, “Ta’lim, o‘quv-uslubiy, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, kadrlar tayyorlash” yo‘nalishlarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish maqsadida […]