O’zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari tomonidan monografiya chop etildi

O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari va Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktorontlari tomonidan “Tibbiyot o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvi” nomli monografiya chop etildi. Monografiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” nashriyoti tomonidan chop etildi. Monografiyada tibbiyot sohasida o‘lchash vositalari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, O’zbekiston Respublikasida tibbiyot metrologiyasini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan islohotlar, respublikada […]