Institutning yangilangan sayti test rejimida ishga tushirildi

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida olib borilayotgan ilmiy, texnikaviy yangilanishlar faoliyatning barcha jabhalarida birday olib borrilmoqda. Hamkorlarga qulaylik yaratilib, institutga qilinadigan murojaatlar, shartnoma tuzish va guvohnomalar taqdim qilish mana bir necha yildirki onlayn shaklda olib borilmoqda. Shuningdek, institut tarixidan boshlab, bugungi faoliyatga doir barcha harakatlar institutning rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoritilib kelinmoqda. […]