Sinov laboratoriyalarda metrologik kuzatiluvchanlikni taqdimot qilish hamda sinovlarni oʻtkazishda oʻlchashlar ishonchliligini taʼminlash boʻyicha qoʻllanma

Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining malakaliligiga qoʻyiladigan talablar” standartining asosiy talablaridan biri 6.5-bandi va A-ilovasida keltirilgan “Metrologik kuzatuvchanlik” boʻlib, uni taʼminlash boʻyicha quyidagi tavsiyalar beriladi. Mazkur standartning 6.4.5-bandiga muvofiq oʻlchash uchun foydalaniladigan uskunalar (oʻlchash vositalari va sinov vositalari) ishonchli natija olish uchun talab etiladigan aniqlik yoki noaniqlikni taʼminlab berishi kerak. Laboratoriyalarda amalga […]