Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Sinov laboratoriyalarda metrologik kuzatiluvchanlikni taqdimot qilish hamda sinovlarni oʻtkazishda oʻlchashlar ishonchliligini taʼminlash boʻyicha qoʻllanma

Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining malakaliligiga qoʻyiladigan talablar” standartining asosiy talablaridan biri 6.5-bandi va A-ilovasida keltirilgan “Metrologik kuzatuvchanlik” boʻlib, uni taʼminlash boʻyicha quyidagi tavsiyalar beriladi.

Mazkur standartning 6.4.5-bandiga muvofiq oʻlchash uchun foydalaniladigan uskunalar (oʻlchash vositalari va sinov vositalari) ishonchli natija olish uchun talab etiladigan aniqlik yoki noaniqlikni taʼminlab berishi kerak.

Laboratoriyalarda amalga oshiriladigan sinovlar va ularni oʻtkazishga tayyorlash jarayonlarida shartli ravishda quyidagi 8 ta holatlarni koʻrish mumkin:

BIRINCHI HOLAT:

Sinov natijalari bir nechta kattaliklarni oʻlchash orqali olinganda;

Misol uchun: GOST 27494-2016 “Muka i otrubi. Metodы opredeleniya zolnosti” davlatlararo standartining 7.2-bandiga muvofiq don va kepakning kuldorligi (zolnost) ni aniqlash.

 

TAVSIYALAR:
Kattalikning aniqlanishi:Bilvosita, ikki va undan ortiq kirish kattaliklari qatnashgan matematik model (formula) yordamida
Model (formula)dagi kattaliklarning aniqlanishi:Matematik modelda ishtirok etuvchi parametrlarni o‘lchash uchun foydalaniladigan o‘lchash (sinov) vositalari (yuqoridagi holatda tarozi)
O‘lchash vositasida metrologik kuzatuvchanlikning ta’minlanganlik sharti:Kalibrlash sertifikati

Asos: O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 6.4.6-bandi

Qiyoslash sertifikati yetarli bo‘ladimi:YO‘Q.

Asos: O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 ning 6.5.2-bandi

ISO/IEC Guide 99:2007 ning p.2.41, 2- va 4-izohlar

Sinov bayonnomasi uchun o‘lchash noaniqligi bahosi kerakmi:HA.

O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 ning 7.6.3-bandiga ko‘ra

RMG 91-2009 ning 5.2-bandi

Sinov jarayonidagi yig‘indi standart noaniqlik uc ni baholash usuliCi– sezgirlik koeffitsiyenti. ISO / IEC
98-3:2007 ga ko‘ra chiqish kattaligini tegishli kirish kattaligi bo‘yicha differensiyallash orqali aniqlanadiuc– kirish kattaliklarining A yoki B turi bo‘yicha standart noaniqligi. B turi bo‘yicha standart noaniqlik o‘lchash vositasining kalibrlash sertifikatida ko‘rsatilgan bo‘ladi
Sinov jarayonidagi kengaytirilgan noaniqlik U ni baholashU = k∙u

bu yerda

K– qamrov koeffitsiyenti

 

IKKINCHI HOLAT:

Sinov natijalari bevosita oʻlchash vositasining koʻrsatgichidan olinganda;

TAVSIYALAR:
Kattalikning aniqlanishi:Bevosita o‘lchash vositasining ko‘rsatishi orqali
O‘lchash vositasida metrologik kuzatuvchanlik ta’minlanganligi sharti:Kalibrlash sertifikati

Asos: O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 6.4.6-bandi

Modeldagi (formula) kattaliklarning aniqlanishi:FORMULASIZ
Qiyoslash sertifikati yetarli bo‘ladimi:YO‘Q.

Asos: O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 ning 6.5.2-bandi

ISO/IEC Guide 99:2007 ning p.2.41, 2- va 4-izohlar

Sinov bayonnomasi uchun o‘lchash noaniqligini baholash kerakmi:HA.

O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 ning 7.6.3-bandiga ko‘ra

RMG 91-2009 ning 5.2-bandi

Sinov jarayonidagi yig‘indi standart noaniqlik uc ni baholash usuliuA– kirish kattaliklarining A tur bo‘yicha standart noaniqligi. Agarda usulda o‘lchashlar soni 3 dan oshiq bo‘lsa hisoblanadi, aks holda 0 ga teng bo‘ladi.

uB– B turi bo‘yicha standart noaniqliklardan biri o‘lchash (sinov) vositasining kalibrlash sertifikatida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Sinov jarayonidagi kengaytirilgan noaniqlik U ni baholash usuli:U = k∙u

bu yerda

k– qamrov koeffitsiyenti

UCHINCHI HOLAT:

Bevosita sinovlar o‘tkaziladigan sinov vositasi (qurilmasi) da amalga oshiriladigan sinovlar;

Agar sinov vositasi tarkibida bir nechta o‘lchash vositalari bo‘lsa, u holda sinov vositasi tarkibidagi barcha o‘lchash vositalari kalibrlashdan o‘tkazilishi hamda yakunida sinov vositasini belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim (bunda sinov vositasining ko‘rsatishlari sinov natijasini olish uchun foydalaniladigan matematik modelda qatnashmasa yoki sinov natijasi matematik modelsiz olinsa).

Asos:

–  O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 ning 6.5.2-bandi;

– ISO/IEC Guide 99:2007 ning p.2.41, 2- va 4-izohlar;

– “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasi.

Misol uchun:

Germetiklikni sinash germetiklik stendi yordamida amalga oshiriladi. Sinov vositasi tarkibida 3 ta manometrlar bo‘lib, ularni kalibrlashdan o‘tkazish hamda sinov vositasi belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Plastmassa buyumlarni kuch ostida cho‘zilish harorati va yumshashini aniqlash qurimasi (Ustroystvo dlya opredeleniya temperaturы razmyagcheniya po Vika (VICAT) i temperaturы izgiba pod nagruzkoy (HDT) plastmass).

Qurilma tarkibiga quyidagi o‘lchash vositalari kiradi:

– namunaga ta’sir etuvchi kuchni hosil qilish uchun massasi 10 dan 1000 g gacha bo‘lgan maxsus yuklar to‘plami;

– termometr;

– soat turidagi indikator.

Mazkur qurilmaning tarkibidagi maxsus yuklar, termometr va soat turidagi indikator kalibrlashdan o‘tkazish hamda sinov vositasi belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.

PEV-98 MK rusumli elektrohavo radial pressiometr (Pressiometr elektrovozdushnыy radialnыy PEV-89MK)

Qurilma tarkibiga quyidagi o‘lchash vositalari kiradi:

– yig‘ilgan holatdagi zond;

– reduksion klapanli manometrik kallak (golovka);

– manometrli resiver;

– avtomobil nasosi;

– raqamli o‘lchash pribori;

– saqlovchi (straxovochnыy) sim arqon.

Mazkur qurilmaning tarkibidagi manometr, raqamli o‘lchash pribori kalibrlanishi hamda sinov vositasini attestatsiyadan o‘tkazishi lozim.

TO‘RTINChI HOLAT:

Metrologik kuzatiluvchanlikning turg‘unligi har bir o‘lchash oldidan yoki muntazam qisqa davriylikda qayta sozlanadigan o‘lchash vositalari orqali sinovlar o‘tkazilganda

Agar sinovlarni o‘tkazishda o‘lchashlarni bajarishdan oldin yoki muntazzam qisqa davriylikda o‘lchash vositasi standart namuna yoki boshqa o‘lchash vositalari orqali kalibrlash (ichki kalibrlash – in-house) ishlari bajariladigan o‘lchash vositalarini kalibrlash sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Bunda, sinov laboratoriyasi ichki kalibrlashni o‘tkazishga malakali ekanligi tasdiqlanishi lozim.

Asos:

– O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 ning 6.5.2-bandi;

– ILAC-P10:07/2020.

Misol uchun:

Gaz xromatograflari

Xromatograflarda o‘lchashlarni bajarishdan oldin standart gaz aralashmasi orqali graduirovka qilinadi va shu standart gaz aralashma kelgusi o‘lchashlar uchun tayanch kattalik qiymatlari (opornыe znacheniya velichin) hisoblanadi.

O‘lchashlar natijalari GOST 31371.7-2008 “Gaz prirodnыy. Opredeleniye sostava metodom gazovoy xromatografii s otsenkoy neopredelennosti. Chast 7. Metodika vыpolneniya izmereniy molyarnoy doli komponentov” standarti asosida natijalar tahlil qilinib, o‘lchash noaniqligi aniqlanadi.

Bu holatda standart gaz aralashmasini tayyorlash ISO 17034 standart talablariga javob beruvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan sertifikatga (Certified Reference Materials – CRMs) ega bo‘lishi lozim.

Xromato-mass-spektrometr

O‘lchashlarni bajarishdan oldin standart qorishma (rastvor) orqali graduirovka qilinadi va shu standart qorishma kelgusi o‘lchashlar uchun tayanch kattalik qiymatlari (opornыe znacheniya velichin) hisoblanadi.

Bu holatda standart qorishmasini tayyorlash ISO 17034 standart talablariga javob beruvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan sertifikatga (Certified Reference Materials – CRMs) ega bo‘lishi lozim.

Yoqilg‘ining issiqlik energiyasini aniqlashda o‘lchashlardan oldin Kolorimetrni GOST 33299-2015 “Topliva uglevodorodnыe jidkiye. Opredeleniye teplotы sgoraniya v kalorimetricheskoy bombe (tochnыy metod) (Pereizdaniye)” standartiga muvofiq, avval mazkur o‘lchash vositasi benzol kislotasining standart namunasi orqali kalibrlanadi va so‘ng o‘lchashlar amalga oshiriladi.

Bu holatda standart qorishmasini tayyorlash ISO 17034 standart talablariga javob beruvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan sertifikatga (Certified Reference Materials – CRMs) ega bo‘lishi lozim.

BESHINCHI HOLAT:

Sinovlar o‘tkaziladigan sinov vositalari yaxlit bir qurilma sifatida ishlatilsa va undagi o‘lchash vositalarining yechish (demontaj) imkoniyati mavjud emas.

Bu holatda sinov vositasi o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiya jarayonida sinash uchun tanllangan namuna (artefakt) orqali bir nechta (seriyali) o‘lchashlar o‘tkazilib, o‘lchashlarning yaqinligi (sxodimost) va qayta tiklanuvchanligi (vosproizvodimost) aniqlangan holda sinov vositasi attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, sinov uskunasidan foydalangan holda referent o‘lchash usuli asosida laboratoriyalararo solishtirish o‘tkaziladi va solishtirish natijalari O’z DSt ISO 13528:2015 standartiga asosan tahlil qilinib, tegishli hisobotlar rasmiylashtiriladi. Mazkur hisobotlar akkreditatsiya organi tomonidan o‘tkaziladigan audit vaqtida baholanadi.

Asos:  ILAC-P10:07/2020 2-bandining “7b” kichik bandi.

Misol uchun:

Dinamik sharoitlarda poyabzallarning suvsingdiruvchanligini aniqlash stendi (Stend dlya opredeleniya vodonepronitsayemosti obuvi v dinamicheskix usloviyax MT 299).

 

OLTINCHI HOLAT:

O‘lchashlarsiz amalga oshiriladigan sinovlar.

Misol uchun: GOST 31818.11-2012 “Apparatura dlya izmereniya elektricheskoy energii peremennogo toka. Obщiye trebovaniya. Ispыtaniya i usloviya ispыtaniy. Chast 11. Schetchiki elektricheskoy energii” ning 5.2.2.1-bandiga muvofiq elektr energiyasini hisoblagichini prujinali bolg‘a bilan sinash.

Bunda xulosa: ha/yo‘q, o‘tdi/o‘tmadi, dosh berdi/dosh bera olmadi va shu kabi bo‘ladi.

Asos: ILAC-G8:09/2019 qo‘llanmasining 5.2 bandi.

TAVSIYALAR:
Kattalikning aniqlanishi:O‘lchashlarsiz
Modeldagi (formula) kattaliklarning aniqlanishi:FORMULASIZ
O‘lchash vositasida kuzatuvchanlik mavjudligining sharti:O‘lchash vositasi (yoki sinov vositasi)ni sinovga yaroqliligini tasdiqlovchi qiyoslash (yoki attestatsiya) sertifikati

Shu bilan birga, qiyoslash laboratoriyalari tomonidan o‘lchash vositasining yaroqliligi bo‘yicha qaror qabul qilish ILAC-G8:09/2019 talablarini hisobga olgan holda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Sinov bayonnomasi uchun o‘lchash noaniqligi baholash kerakmi:Baholanmaydi
Sinov jarayonidagi yig‘indi standart noaniqlik ucni hisoblash usuliBaholanmaydi
Sinov jarayonidagi kengaytirilgan noaniqlik U ni baholash usuliBaholanmaydi

ETTINCHI HOLAT:

Namunalarni tanlash va sinovga tayyorlash jarayonlari

Masalan: GOST ISO 24557 – 2015 “Zernobobovыe kulturы. Opredeleniye soderjaniya vlagi. Metod vozdushno-teplovoy sushki” standartining 5-bandida ko‘rsatilgan GOST ISO 24333-2017 “Zerno i produktы yego pererabotki. Otbor prob” standarti bo‘yicha namunani tanlash va tayyorlash. Bunda bug‘doy namunasi, quritish shkafi kabilar qatnashadi.

Asos: ILAC-G8:09/2019 qo‘llanmasining 5.2 bandi. 

TAVSIYALAR:
Kattalikning aniqlanishi:Namunaning tayyorligi tegishli me’yoriy hujjat bilan aniqlanadi
Modeldagi (formula) kattaliklarning aniqlanishi:FORMULASIZ. (Formulali bo‘lsa 1- yoki 2-turli jarayonlarga muvofiq)
O‘lchash vositasida kuzatuvchanlik mavjudligining sharti:Kalibrlash yoki attestatsiya sertifikatining mavjudligi
Attestatsiya sertifikati yetarli bo‘ladimi:HA.

Sharti:

1. Attestatsiya sertifikati haqiqiy qiymatlar ko‘rsatilgan bayonnomasiga ega bo‘lishi;

2. Attestatsiya sertifikatidagi aniqlik sinov usulida keltirilgan aniqlikdan kamida 3 barobar aniq bo‘lishi*

Sinov bayonnomasi uchun o‘lchash noaniqligi baholash kerakmi:Baholanmaydi
Sinov jarayonidagi yig‘indi standart noaniqlik uc ni hisoblash usuliBaholanmaydi
Sinov jarayonidagi kengaytirilgan noaniqlik  U ni baholash usuliBaholanmaydi

Misol uchun: Sinov usulida namunani quritishda ruxsat etilgan xatolik yo 10 oS dan oshmasilgi talab etilsa, u holda attestatsiyadan o‘tkazilgan ruxsat etilgan xatoligi kamida yo 3 oS o‘lchash vositasida o‘lchashlarni amalga oshirish mumkin.

(250yo10) oS yoki o‘lchash natijasi 240 oS dan 260 oS gacha oraliqda yotadi.

6 G usulidan foydalanganda (250yo3) oS yoki o‘lchash natijasi 247 oS dan 253 oS gacha oraliqda yotadi.

Ushbu holatda o‘lchashlarni ishonchliligi ta’minlash imkoniyati mavjud va o‘lchash vositasi o‘zining ruxsat etilgan xatoligi chegarasida ishlashining o‘zi yetarli bo‘ladi. Ushbu holatda o‘lchashlar noaniqligini baholashga ehtiyoj yo‘q.

SAKKIZINCHI HOLAT:

Sinov jarayonlarini o‘tkazish sharoitlarini kuzatish va monitoring qilish vositalari

Agarda sinov aniqligi va ishonchliligiga atrof-muhitning sezirlarli taʼsir etmasligiga ishonch hosil qilinganda, mazkur jarayonlarda atrof-muhit sharoitlarini monitoring qilishda foydalaniladigan oʻlchash vositalari begilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan oʻlchash vositalaridan foydalanish mumkin.

Shu bilan birga, qiyoslash laboratoriyalari tomonidan oʻlchash vositasining yaroqliligi boʻyicha qaror qabul qilish ILAC-G8:09/2019 talablarini hisobga olgan holda tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Asos: ILAC-G8:09/2019 qoʻllanmasining 5.2 bandi.

TAVSIYALAR:
Kattalikning aniqlanishi:O‘lchash vositasining  ko‘rsatishi orqali
Modeldagi (formula) kattaliklarning aniqlanishi:FORMULASIZ
O‘lchash vositasida kuzatuvchanlik mavjudligining sharti:Kalibrlash yoki qiyoslash sertifikatining mavjudligi
Qiyoslash sertifikati yetarli bo‘ladimi:HA.

Sharti:

1. Qiyoslash sertifikati haqiqiy qiymatlar ko‘rsatilgan bayonnomasiga ega bo‘lishi;

2. O‘lchash vositasining qiyoslash sertifikatidagi aniqligi sinov usulida belgilangan aniqlikdan kamida 3 barobar aniq bo‘lishi*

Sinov bayonnomasi uchun o‘lchash noaniqligi baholash kerakmi:Baholanmaydi
Sinov jarayonidagi yig‘indi standart noaniqlik uc ni hisoblash usuliBaholanmaydi
Sinov jarayonidagi kengaytirilgan noaniqlik  U ni baholash usuliBaholanmaydi

Izoh: *ILAC-G8:09/2019 qo‘llanmasining 5.2-bandi o‘lchash natijalarining noto‘g‘riligi oqibatida kelib chiqadigan riskni minimallarshtirish maqsadida 6 G usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Bundagi asosiy shart o‘lchash vositasining qiyoslash sertifikatidagi aniqligi sinov usulida keltirilgan o‘lchash vositasi aniqligiga bo‘lgan talabdan kamida 3 barobar aniq bo‘lishi talab etiladi.

Misol uchun: Sinov usuli bo‘yicha sinovni o‘tkazishdagi atrof-muhit harorati 20 °S deb belgilangan, haroratning o‘zgarishi yo2 °S oralig‘ida bo‘lishi belgilangan bo‘lsin. Atrof-muhit haroratining ushbu chegaradagi o‘zgarishi sinov natijasiga sezilarli ta’sir etmasligi isbotlangan.

Laboratoriyada esa atrof-muhit haroratini kuzatib borish uchun ommalashgan VIT turidagi gigrometrik psixrometrdan foydalanilayotgan bo‘lsin. VIT gigrometrik psixrometrining yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatoligi yo 0,2 °S (manbaa: http://nd-gsi.ru/grsi/420xx/42453-09.pdf) ekanligidan  kelib chiqib, ushbu vaziyatda uni kalibrovka qilishga zaruriyat yo‘q va qiyoslash sertifikati yetarli hisoblanadi. Chunki ILAC-G8:09/2019 qo‘llanmasining 5.2-bandida ko‘rsatilgan barcha shartlar bajarilmoqda.

Keyingi bosqich ushbu usullar asosida o‘lchashni amalga oshirishda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining ro‘yxatini shakllantirishdan iborat bo‘ladi.

O‘lchashlar noaniqligini hisobga olgan holda, berilgan talablarga muvofiqlikni aniqlash – mumkin bo‘lgan strategiyalar

(Yevrolab tavsiyalari)

 Kirish

Muvofiqlikni baholash, iste’molchilar tomonidan ishonchni, hayot xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida mahsulotlar, materiallar, xizmatlar va tizimlarning standartlarda, me’yoriy hujjatlarda, huquqiy hujjatlarda va shartnoma kelishuvlarida belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan sinovlarda, inspeksiya va kalibrlashlarda bajariladigan umumiy faoliyat hisoblanadi. Bugungi kunda bu jahon iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda, chunki ob’ektlarning qabul qilinishi va rad etilishini taxmin qiladi, bu esa xavflar tahlili, biznes qarorlar hamda reputatsiya va moliyaviy operatsiyalar xarajatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.

1-rasm – Sinov natijalari va yuqori chegaraviy qiymatga nisbatan ularning oʻlchash noaniqliklari

Miqdoriy natijalar asosida muvofiqlikni baholashda to‘rtta muayyan holatlar misolida (1-rasmdagi A dan D gacha variantlar) o‘rganib chiqilishi mumkin bo‘lgan har xil ssenariylarni ko‘rib chiqish mumkin. Bunda A va D variantlar o‘lchashlar noaniqligi ularga ta’sir qilmaydigan bir ma’noli qaror qabul qilinishiga olib keladi.

Biroq o‘lchashlar noaniqligining intervali chegaraviy qiymatni to‘sadigan V va S variantlarda puxtaroq tahlil talab etiladi. Bunday tahlil o‘lchashlar noaniqligi intervalining bir qismi joizlik chegaralaridan chiqadigan natijalarni qabul qilish uchun ob’ektiv mezonlar (qabul qilish qoidasi)ni belgilashi kerak.

Muvofiqlikni baholashga umumiy yondashuv 

Qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qaror qabul qilish qoidasini aniqlashda muvofiqlikni baholashda nimani isbotlash lozimligi: spetsifikatsiya (texnikaviy shartlar)ga yoki chegaraviy qiymatga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi savol hal qiluvchi hisoblanadi. Javobga ko‘ra yetkazib beruvchi xavfi (α) yoki iste’molchi xavfini (β) o‘rnatish mumkin.

Muvofiqlikni baholashni bajarish bo‘yicha tartib-tamoyilni quyidagi qadamlarga asoslanib, o‘rnatish mumkin:

  1. O‘lchanayotgan (Y) kattalikning va sinovdan o‘tkazilayotgan ob’ektni o‘lchash batafsil ta’rifi.
  2. Eksperimental/tahliliy natijalar (o‘lchanayotgan Y kattalikdagi baholar).
  3. O‘lchashlarning standart noaniqligi, u(y) va ma’lum ishonch darajasi uchun o‘lchashlarning kengaytirilgan noaniqligi.
  4. Spetsifikatsiyada o‘rnatilgan yagona joizlik chegarasi (yuqori yoki quyi) yoki joizlik chegaralari.
  5. I turdagi xato (etkazib beruvchi xavfi α) yoki II turdagi xatoning (iste’molchi xavfi β) taxmin qilingan ehtimolligi uchun muvofiqlik zonasi, nomuvofiqlik zonasi va himoya polosasi.
  6. Qaror qabul qilish qoidasi.

Qabul qilingan terminologiya  mashhur manbalarda [EURACHEM Guide:2007], [ASME B89.7.3.1:2001] va [EUROLAB Technical Report 1/2017] ta’riflangan. Ayniqsa ikkita atama muhim:

  • Qaror qabul qilish qoidasi:mahsulotning spetsifikatsiyasi va o‘lchash natijasiga muvofiq qabul qilish yoki rad etishda o‘lchash noaniqligi qanday joylashishini ta’riflaydigan hujjatlashtirilgan qoida.
  • Himoya polosasi:o‘rnatilgan chegaradan muvofiqlik yoki nomuvofiqlik zonasining chegarasigacha siljish qiymati

 Qaror qabul qilish qoidasini o‘rnatish 

Qonun hujjatlarida yoki standartlarda spetsifikatsiyaga yoki o‘lchash noaniqligini hisobga olgan holda chegaraviy qiymatlarga muvofiqligi haqidagi qoidalar mavjud bo‘lgan hollarda, ushbu qoidalar qo‘llanishi kerak. Bunday qoidalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, qoidalar bozor talablariga yoki xavfsizlik talablariga javob berish uchun sinovlar o‘tkazishdan oldin o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

ISO 14253-1:2017 xalqaro standarti, 1-qism: Spetsifikatsiyaga muvofiqlikni yoki nomuvofiqlikni tekshirish uchun qaror qabul qilish qoidalari muvofiqlik yoki nomuvofiqlikni yuqori ehtimollik darajasi bilan  aniqlash lozimligini farqlaydi. Umumiy holda o‘lchashlarning U kengaytirilgan noaniqligi va taxminan 95 % (qamrov koeffitsiyenti k = 2) ishonch darajasi qo‘llanishi mumkin deb hisoblanadi. Yuqoriroq ishonch darajasi, masalan 99 % (qamrov koeffitsiyenti k = 3) faqat alohida hollarda tanlanadi.

Qaror qabul qilish mezonlarini o‘rnatishda spetsifikatsiyada interval yoki chegara (yuqori yoki quyi) ko‘rinishida talablar berilganligi, himoya polosalari ko‘rib chiqilishi kerakmi va, ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lsa ular muvofiqlik intervalini kamaytirishi yoki ko‘paytirishi kerakligini e’tiborga olish lozim. Quyida keltirilgan rasmlar har xil mumkin bo‘lgan variantlarni namoyish etadi (TU – joizlikning yuqori chegarasi; GU – himoya polosasining yuqori chegarasi, TL – joizlikning quyi chegarasi, GL – himoya polosasining quyi chegarasi, U(y) – o‘lchashlarning kengaytirilgan noaniqligi).

2-rasm – Isteʼmolchi xavfini minimallashtirish maqsadida joizlik uchun belgilangan doira misoli
3-rasm – Yetkazib beruvchi xavfini minimallashtirish maqsadida joizlik uchun belgilangan doira misoli
4-rasm – Yuqori joizlik chegarasi uchun himoya polosasi va 95 % ishonch darajasi bilan belgilangan ehtiyotkor muvofiqlik5-rasm – Yuqori joizlik chegarasi uchun himoya polosasi va ehtiyotkor nomuvofiqlik

 

Himoya polosalaridan foydalanilgan taqdirda, ayniqsa bir xil noaniqlikka ega boʻlgan oʻlchash natijalari uchun, oʻlchangan qiymat muvofiqlik zonasi chegaralarida boʻlishi kerak boʻlganda, oʻlchash natijalarini muvofiqlik zonasining chegaralari bilan solishtirish orqali qaror qabul qilish qoidalarini oʻrnatish boʻyicha oddiy strategiyani qoʻllash mumkin. Aks holda nomuvofiqlik toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.

Agar oʻlchash natijalari har xil oʻlchash noaniqliklariga ega boʻlsa, himoya polosalarisiz yondashuvni koʻrib chiqish tavsiya etiladi.

6-rasm – Bir tomonli yuqori joizlik7-rasm – Bir tomonli quyi joizlik

Bunday hollarda mezonlar H0 shartning bajarilishi muvofiqlik to‘g‘risidagi qarorni taxmin qiladigan, aks holda esa nomuvofiqlik to‘g‘risidagi qarorni taxmin qiladigan gipoteza bajarilishini tekshirish yo‘li bilan o‘rnatilishi mumkin. Bundan chiqdi, I turdagi (α) xato ehtimollikni qabul qilgan holda, qaror qabul qilish qoidasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:

Qaror qabul qilish qoidasi

Muvofiq, agar gipoteza  to‘g‘ri bo‘lsa;

Nomuvofiq, agar H0 gipoteza noto‘g‘ri bo‘lsa,

Mezon uchun ifoda:

Quyida qo‘llashning amaliy misoli keltirilgan:

O‘lchashda olingan bahoni ko‘rib chiqamiz, y = 2,7 mm (tar.izohi – standart) u(y) = 0,2 mm noaniqlik bilan, bir tomonli joizlikning yuqori chegarasi TU = 3,0 mm, shuningdek muvofiqlikka qo‘yiladigan talablar 0,95 (95 %) bo‘lganda (1 – α) ko‘rinishda va, shunday qilib, I turdagi xatoni qabul qilgan holda α = 0,05 (5 %).

Ko‘rsatilgan eksperimental natija va ehtimolliklarni normal taqsimlash funksiyasining taxminidagi joizlik uchun qaror qabul qilish qoidasi quyidagicha bo‘ladi:

Muvofiq, agar H0: P(Y≤3,0 mm)≥0,95 gipoteza to‘g‘ri bo‘lsa

Nomuvofiq, agar H0: P(Y≤3,0 mm)<0,95 gipoteza noto‘g‘ri bo‘lsa

Ushbu misol uchun ehtimolliklarni baholash uchun ehtimolliklarni normal taqsimlash funksiyasining umumiy ifodasini qo‘llagan holda, (Pc) muvofiqlik ehtimolligini hisoblab chiqish kerak:

Shunday qilib, H0 gipoteza noto‘g‘ri va uni rad etish (nomuvofiqlik) to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

 

yo‘riqnomani yuklab olish

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil