O’zMMI TOMONIDAN TAVSIYA ETILGAN STANDART TIZIM
| T/r | Etalon tizimi | Qo’llanilish sohasi | Texnik/metrologik xususiyatlari | Dastlabki fotosurat |
| 1. | Aerozollar massa konsentratsiyasini o’lchash asboblarini sinovdan o’tkazish uchun prototip qurilma yaratish.
Loyiha yakuniy bosqichda |
Aerozol analizatorlari / sensorlarini sinash, kalibrlash va qiyoslash uchun belgilangan massa konsentratsiyali aerozollarni hosil qilish va yetkazib berish. | Chiqishdagi konsentratsiya oralig’i: 0,5 dan 160 g/m³ gacha;
Massa sarfi oralig’i: 2 dan 250 g/h gacha; Aerozol oqimi tezligi: 25 dan 67 l/min gacha; Zarrachalar hajmi oralig’i: 0,2 dan >100 µ gacha; O’lchanadigan oqim tezligi oralig’i: 0 dan 200 l/min gacha; Xatolik (aniqlik): ±0,2 % yoki 0,05 l/min; Harorat kompensatsiyasi: ichiga o’rnatilgan; Bosimni tuzatish: ichiga o’rnatilgan; Maksimal oqim tezligi: 56 l/min (20 °C da); Maksimal kirish bosimi: 1000 kPa. |
![]() |
| 2. | Sath o’lchash vositalarini vertikal qiyoslash va kalibrlash etaloni | Etalon 4 m gacha bo’lgan oraliqda sath o’lchagichlarni aniq kalibrlash, ularning chiziqliligi va takrorlanuvchanligini tekshirish hamda suyuqlik yuzasining parallelligini/tekisligini nazorat qilish uchun mo’ljallangan. Ushbu etalondan foydalanish quyidagilarni ta’minlaydi:
– metrologik standartlarga muvofiqlik; – o’lchash xatoliklarini minimallashtirish (≤ ±0,2 mm); – sath o’lchagichlarni muntazam tekshirish va sertifikatlash imkoniyati; – korxonalar va laboratoriyalardagi texnologik suyuqliklarning ishonchli ishlashi va hisobga olinishi. |
O’lchash oralig’i: 0 dan 4 m gacha
Vertikal bak diametri: 500 mm Sathni o’rnatish xatoligi: ≤ ±0,2 m To’ldirish/bo’shatish vaqti: 3 dan 60 min gacha Ishchi suyuqlik: oqar (provod) suv. |
|
| 3. | Havo oqimi tezligini o’lchash vositalarini (anemometrlarni) taqqoslash va kalibrlash qurilmasi (shamol tunneli) yaratish
Loyiha yakuniy bosqichda |
Anemometrlarni havo tezligi/oqimi bo’yicha o’zaro solishtirish va kalibrlash uchun barqaror, boshqariladigan havo oqimini hosil qilish. | O’lchash oralig’i: 0,1 dan 80 m/s gacha
Aniqlik: ±(0,2+0,02 V) (bunda V – havo tezligi, m/s da) |
![]() |
| 4. | Sath o’lchagichlarni metrologik tekshirish uchun namunaviy qurilma (gorizontal turdagi) | Yaratilgan etalon suv xo’jaligi, oziq-ovqat, neft-gaz va kimyo tarmoqlarida sathni aniq va ishonchli o’lchashni ta’minlaydi. | O’lchash oralig’i: 0 dan 10 m gacha
Sathni o’rnatish xatoligi: ≤ ±0,3 m |
![]() |
Eslatma: Yuqorida aytib o’tilgan qurilmalarning narx shartlari so’rov bo’yicha taqdim etiladi.
O’zMMI TOMONIDAN TAVSIYA ETILGAN STANDART NAMUNALAR
| T/r | Standart namunalar | Qo’llanilish sohasi | Texnik/metrologik xususiyatlari | Dastlabki fotosurat |
| 1. | Qovushqoqlik | Qovushqoqlik standart namunalari neft-gaz va kimyo sanoatida qo’llaniladigan o’lchash vositalarini (viskozimetrlarni) kalibrlash uchun ishlatiladi. | 17 dan 23 mm²/s gacha
79 dan 100 mm²/s gacha 800 dan 1000 mm²/s gacha |
![]() |
| 2. | Vodorod ko’rsatkichi | Suyuqliklarning pH bufer eritmalari oziq-ovqat, tibbiyot va kimyo sanoatida qo’llaniladigan o’lchash vositalarini (pH-metrlarni) kalibrlash uchun ishlatiladi | – 4,01 pH
– 7,00 pH – 9,21 pH |
![]() |
| 3. | Elektr o’tkazuvchanlik | Elektr o’tkazuvchanlik standart eritmalari metallurgiya, sog’liqni saqlash va mashinasozlikda qo’llaniladigan o’lchash vositalarini (konduktometrlarni) kalibrlash uchun ishlatiladi. | 12,88 mS/cm, 1413 µS/сm | ![]() |
| 4. | Gaz tarkibini tahlil qilish
Loyiha yakuniy bosqichda |
Standart gaz aralashmalari neft-gaz, kimyo va ekologiya tarmoqlarida qo’llaniladigan o’lchash vositalarini (gaz analizatorlari, gaz detektorlari, xromatograflarni) kalibrlash uchun ishlatiladi. | – Kislorod (O)
– Karbonat angidrid (CO2) – Is gazi (CO) – Metan (CH4) – Azot chala oksidi (NO) – Azot dioksidi (NO2) – Oltingugurt dioksidi (SO2) – Vodorod sulfid (H2S) |
![]() |
Eslatma: Yuqorida aytib o’tilgan standart namunalarning narx shartlari so’rov bo’yicha taqdim etiladi.
O’zMMI TOMONIDAN TAVSIYA ETILGAN MOBIL (KO’CHMA) LABORATORIYA
| T/r | Mobil laboratoriya | Qo’llanilish sohasi | Texnik/metrologik xususiyatlari | Dastlabki fotosurat |
| 1. | O’lchash funksiyalariga ega tibbiy buyumlarni metrologik tekshirish bo’yicha mobil laboratoriya | Ko’chma laboratoriya — foydalanishdagi o’lchash vositalarini xizmatdan chiqarmasdan, ularni joyida metrologik tekshirishdan o’tkazish orqali sog’liqni saqlash xizmatlarining uzluksizligini ta’minlaydigan harakatlanuvchi blokdir. | Shassi: Gazel NEXT A32R33-60;
Etalon o’lchash vositalari: 25 birlik; Ish stoli va tashkiliy/ofis jihozlari; Elektr ta’minoti: 8 soatgacha uzluksiz ishlash; Konditsioner (iqlim nazorati); Avtomatik havo aylanish tizimi; Reagentlar va standart namunalar uchun muzlatgich. |
![]() |
| 2. | Transport vositalari tezligini o’lchash asboblarini metrologik tekshirish bo’yicha mobil laboratoriya | Ko’chma laboratoriya — chorrahalarda va yo’l chetidagi ustunlarda o’rnatilgan transport vositalari tezligini o’lchash vositalarini joyida tekshirish/ kalibrlashni amalga oshiradigan hamda xizmat ko’rsatish uzluksizligini ta’minlaydigan harakatlanuvchi blokdir.
U vaqt samaradorligini oshiradi va yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. |
Shassi: Gazel NEXT A32R33-60
Etalon o’lchash vositalari: 10 birlik Ish stoli va tashkiliy/ofis jihozlari Elektr ta’minoti: 10 soatgacha uzluksiz ishlash Konditsioner (iqlim nazorati) Avtomatik havo aylanish tizimi |
![]() |
| 3. | Yuk avtomobillari va temir yo’l vagonlari tarozilarining metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash uchun mobil tarozi platformasi | Neft, kimyo, metallurgiya, bojxona va to’qimachilik sanoati korxonalaridagi mavjud yuk avtomobillari va temir yo’l vagon tarozilarining metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash. | Shassi: Truck 8×8
Umumiy vazni: 13 t Yuk ko’tarish qobiliyati: 20 t Umumiy o’lchamlari (m): Uzunligi: 11 Kengligi: 2,5 Balandligi: 2,8 |
![]() |
| 4. | Elektr transport vositalarini quvvatlantirish stansiyalarini metrologik tekshirish bo’yicha mobil laboratoriya | Elektr transport vositalarini quvvatlash stansiyalarining metrologik nazoratini o’tkazish uchun mo’ljallangan ko’chma laboratoriya. | Yuklama: DC 180 kWt, AC 45 kWt;
Tizim batareyasi sig’imi: 20 kWt/h; Butlovchi qismlar: Ossillograf, izolyatsiya qarshiligini tekshirgich, AC bardoshlilik kuchlanishini tekshirgich, simsiz Bluetooth termometr; Ulagich: DC1, AC*1; Transport vositasi: Maxsus modifikatsiyalangan, jumladan, elektr ta’minoti tizimi, issiqlik chiqarish tizimi va konditsioner; Dasturiy ta’minot: Elektr transport vositalarining tashqi (DC) quvvatlash qurilmalarini to’liq sinash tizimi; Dasturiy ta’minot: Elektr transport vositalarining AC quvvatlash qurilmalarini to’liq sinash tizimi. |
![]() |
| 5. | Yoqilg’i tarqatish kolonkalari, avtosisternalarni va rezervuarlarni metrologik tekshirish bo’yicha mobil laboratoriya | Ko’chma laboratoriya — neft, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida suyuqlik oqimi o’lchovlarining xavfsizligi va sifatini, shuningdek, avtotransport vositalarini yonilg’i bilan to’ldirish stansiyalari faoliyatining xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida, o’lchash vositalarini xizmatdan chiqarmasdan, ularni uzluksiz metrologik tekshiruvdan o’tkazish uchun mo’ljallangan. | Shassi: JAC SUNRAY
To’liqligi: Operator ish joyi; Ofis va IT jihozlari; Konditsioner; Ventilyatsiya tizimi; Generator; Yong’in xavfsizligi tizimi; Muzlatgich; Etalon o’lchash vositalari (2-razryadli namunaviy sig’imlar); Rezervuarlarni kalibrlash uchun RTC360 lazer skaneri. |
![]() |
Eslatma: Yuqorida aytib o’tilgan ko’chma laboratoriyalarning narx shartlari so’rov bo’yicha taqdim etiladi.
O’zMMI TOMONIDAN TAVSIYA ETILGAN O’LCHASH VOSITALARI
| № | Mobil laboratoriya | Qo’llanilish sohasi | Texnik/metrologik xususiyatlari | Dastlabki fotosurat |
| 1. | Nosimmetrik uch fazali tok o’zgargich | Ushbu o’zgartirgich elektr tarmog’ining uch fazali tok asimmetriyasi qiymatlarini o’lchash va nazorat qilish hamda kuchlanish shaklidagi signalni olish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu reaktiv energiya isrofini kamaytirish va elektr energiyasi samaradorligiga erishish imkonini beradi. Tavsiya etilayotgan datchik uchta faza uchun mo’ljallangan, uning sezuvchanligi oshirilgan va u bir vaqtning o’zida uchta fazadan ma’lumotlarni uzata oladi. | O’lchash oralig’i: 0 dan 0,5 kAgacha;
Xatolik: 0,2 % dan 0,45 % gacha. |
![]() |
| 2. | Izolyatsiya chidamliligini tekshirish qurilmasi | Barcha turdagi elektron jihozlar, qurilmalar va maishiy texnikalar yuqori hamda past quvvatli dvigatellarning izolyatsiya bardoshliligini sinash uchun mo’ljallangan. | O’lchash oralig’i: 0 dan 6000 V gacha
Xatolik: ±1,5 % |
![]() |
| 3. | Kuchlanish voltmetrlarini qiyoslash qurilmasi | Qurilma energetika, neft-gaz va elektrotexnika sanoatida elektr kuchlanishi o’lchashlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida, 0 dan 250 V gacha bo’lgan o’zgaruvchan tok va 0 dan 45 V gacha bo’lgan o’zgarmas tok kuchlanishi oraliqlarida turli xildagi va ishlash prinsipiga ega bo’lgan voltmetrlarni qiyoslash va kalibrlash uchun mo’ljallangan. | O’lchash oralig’i:
O’zgaruvchan tok kuchlanishi: 0 dan 250 V O’zgarmas tok kuchlanishi: 0 dan 45 V Xatolik: ±0,01 % |
![]() |
| 4. | NJ977 turidagi aqlli energiya o’lchash qurilmasi | Planshet asosidagi boshqaruv. Ushbu xususiyat elektr energiyasi manbalariga yaqinlashmasdan, xavfsiz masofadan turib operatsiyalarni qulay tarzda bajarish imkonini beradi, bu esa bir nechta funksiyalarni oson boshqarish va faollashtirishni ta’minlaydi. Tarmoqqa ulanmasdan batareya quvvatida ishlash.
Ushbu xususiyat o’lchash qurilmasining elektr tarmog’iga ulanmasdan, o’zining ichiga o’rnatilgan batareyasidan foydalangan holda ishlashiga imkon beradi va mustaqil o’lchash qobiliyatini ta’minlaydi. Xavfsizlik uchun Wi-Fi aloqasi. Ushbu funksiya tarmoqdagi yuqori kuchlanish manbalaridan uzoqlashgan holda, xavfsiz masofada sinovlarni o’tkazish imkonini beradi va shu orqali xavfsizlikni ta’minlaydi. |
O’lchash oralig’i:
Aktiv elektr energiyasi – 6 dan 57 600 Wt gacha; Reaktiv elektr energiyasi – 6 dan 57 600 Wt gacha; Umumiy elektr energiyasi – 6 dan 57 600 Wt gacha; O’zgaruvchan tok kuchlanishi – 6 dan 576 V gacha; O’zgaruvchan tok – 1 dan 100 A gacha; Chastota – 45 dan 65 Hz gacha; Garmonik faza burchagi – −180° dan +180° gacha; Quvvat koeffitsiyenti – −1,0 dan +1,0 gacha; Tok transformatori amplitudasi – 1 dan 100 A gacha; Tok transformatori faza burchagi – −180° dan+180° gacha; Kuchlanish va tokning nogarmonik koeffitsiyenti – 2 dan 63 n gacha. |
![]() |
| 5. | O’zgaruvchan tok (AC) elektr transport vositalarini quvvatlash stansiyalarini kalibrlash uskunasi | Ushbu tizim o’zgaruvchan tok (AC) elektr transport vositalarini quvvatlash infratuzilmasini, jumladan, turar joy va tijorat maqsadlaridagi AC quvvatlash stansiyalarini, devorga o’rnatiladigan quvvatlash qurilmalarini (Wallbox) va jamoat quvvatlash infratuzilmasini joriy etish hamda ulardan foydalanish uchun mo’ljallangan. U quvvatlash uskunalarini ta’minlaydigan elektr tarmoqlari va taqsimlash shitlari orqali energiyaning ishonchli taqsimlanishini qo’llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, tizim quvvatlashni monitoring qilish va hisobga olish tizimlarini, sinov va metrologiya laboratoriyalarini, quvvatlash uskunalarini ishlab chiqarish quvvatlarini hamda quvvatlash tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash markazlarini o’z ichiga olib, elektr transport vositalarini quvvatlash texnologiyalarining xavfsiz, samarador va ishonchli ishlashini ta’minlaydi. |
O’lchash oralig’i: 6 dan 576 V gacha;
Tok o’lchash qisqichlari oralig’i: 1 dan 120 A gacha. |
![]() |
| 6. | R-365 turidagi kalibrlash qurilmasi | Ushbu qurilma elektr o’lchash vositalarini, jumladan, voltmetrlar, ampermetrlar va multimetrlarni, shuningdek, turli xildagi elektr jihozlarini kalibrlash, qiyoslash, sinash va sozlash uchun mo’ljallangan. U metrologiya va sinov laboratoriyalarida, elektr uskunalarini ishlab chiqarish quvvatlarida hamda o’lchash vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash markazlarida qo’llaniladi. Tizim, shuningdek, elektr nazorati va hisobga olish tizimlarini tekshirishni, elektr ta’minoti bloklarini sozlash va sinashni qo’llab-quvvatlab, elektr o’lchovlari va uskunalar ishlashining aniqligi, ishonchliligi va muvofiqligini ta’minlaydi. | O’zgaruvchan tok kuchlanishi: 0 dan 60 V gacha; O’zgaruvchan tok: 0 dan 5 A gacha. | ![]() |
| 7. | R4141 turidagi dielektrik mustahkamlikni sinash qurilmasi | Qurilma kabellar va simlarning dielektrik mustahkamligini sinash, elektr jihozlarining izolyatsiyasini sinovdan o’tkazish, izolyatsiya materiallarining sifatini nazorat qilish, transformatorlar, elektr dvigatellari va generatorlarni sinash uchun, shuningdek, metrologiya va sinov laboratoriyalarida, elektr texnikasi ishlab chiqarish quvvatlarida, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash markazlarida hamda elektr jihozlarini ishga tushirishdan oldin ularning xavfsizligini sinash uchun qo’llaniladi. | Chastota: 50 Hz;
Quvvat iste’moli: 500 VA; Chiqish kuchlanishi: 0 dan 6000 V; Chiqish toki: 0 dan 200 mA. |
![]() |
Eslatma: Yuqorida aytib o’tilgan o’lchash vositalarining narx shartlari so’rov bo’yicha taqdim etiladi.


















