O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Olmaliq, Namangan, Qo‘qon hududiy filiallarida “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish” mavzusida tashkil etilgan seminarlarda xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, eng mavzu doirasidagi so‘nggi qonunchilik talablari bilan tanishtirish borasida keng ma’lumotlar berildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Xususan, institutda o‘tkazilgan tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat xizmati” boshlig‘i Shuxratbek Xomidov, yuriskonsult Abbos Sagdullayevlar ma’ruza o‘qishdi.


So‘zga chiqqanlar soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tishdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish barchaning burchi ekanligi, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar, barcha xodimlarga belgilangan qonun hujjatlari doirasida halol va mas’uliyat bilan ish yuritilishi maqsadga muvofiq ekanligi aytib o‘tildi.


