Bugun Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida 2024-2030-yillar davomida jami 112 ta Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti OIML “R” va “D” seriyasidagi hujjatlarni bosqichma-bosqich joriy qilish, shu jumladan 2024-yilda 24 ta joriy qilinishi rejalashtirilgan hujjatlarni muhokama qilish maqsadida masʼul mutaxassislar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Suhbat davomida hozirgi kunda institut mutaxassislari tomonidan 11 ta hujjatlar joriy qilinganligi taʼkidlab oʻtildi. Yigʻilganlarga hujjatlarni tarjima qilish, ularni bosqichma-bosqich joriy qilish kabi masalalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Mazkur ishlarning asosi Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 97-maqsadida Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish koʻzda tutilganligi, unda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlarining talablariga muvofiqlashtirilishi belgilanganligi taʼkidlandi. Jahon savdo tashkilotida metrologiya boʻyicha normalar OIMLning hujjatlari asosida tartibga solinishi alohida qayd etildi.


