Aniq vaqt

Xalqaro hamkorlik yanada kengaytirilmoqda

  Bugun Qozog‘iston standartlashtirish va metrologiya institutining mas’ul xodimlari O‘zbekiston milliy metrologiya institutida bo‘lishib ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Suhbat davomida o‘zaro hamkorlikning bugungi holati, uning istiqboli, xalqaro solishtirish loyihalarida birgalikda ishtirok etish, tajriba almashish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan o‘lchash vositalarini Qozog‘istonga importi mavzualari mas’ullar diqqat markazida bo‘ldi.

Muzokaralardan so‘ng mehmonlar institutining etalonlar bazasi va zamonaviy yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan jihozlangan muqim va ko‘chma laboratoriyalar bilan tanishtirildi.

Qozog‘istonlik metrologiya sohasining malakali mutaxassislari institutda amalga oshirilgan ishlar haqida ijobiy fikr bildirib, yaratilgan texnik imkoniyatlarga yuqori baho berishdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil