Aniq vaqt

Yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar – sifat kafolati

  Bugungi kunda mahsulot sifati va o‘lchashlar aniqligi ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida asosiy omillardan biridir. Bu esa qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini kafolatlaydigan kalibrlash ishlarini rivojlantirishga ehtiyoj tug’diradi. Qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi sanoatning turli tarmoqlarida, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishda, o‘lchashlarning sifati va aniqligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajaradi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filiali mutaxassislari tomonidan hozirda aniq va sifatli o‘lchashlarni bajarish maqsadida ISM-DL300 turidagi raqamli o‘lchash mikroskopi yordamida, laboratoriya elaklarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyotini ishlab chiqish hamda, ushbu kalibrlash uslubiyotini xalqaro miqyosda tadbiq qilish ustida ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil