Aniq vaqt

Vaqt va chastota sohasidagi o‘lchashlarni xalqaro darajada tan olinishi yo‘lida

Avvalroq, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan yangi Vaqt va chastota milliy etaloni (etalon) yaratilib ishga tushirilganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Bugungi kunda Vaqt va chastota laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan vaqt va chastota sohasidagi o‘lchashlarni xalqaro darajada e’tirof etish yuzasidan faol ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan:

– laboratoriya faoliyatini COOMET doirasida dastlabki baholash (PEER REVIEW)dan o‘tkazish maqsadida ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablari asosida menejment tizimi joriy etildi va PEER REVIEW 2024 yil 1 choragiga reja qilingan;

– xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi (BIPM) qoshidagi vaqt va chastota boʻyicha konsultativ qoʻmita Consultative Committee for Time and Frequency (CCTF)ning WGMRA Guideline 4 Chastotani o‘lchashda noaniqlikni baholash qoʻllanmasi va IEEE 1139-2022 Standard Definitions of Physical Quantities for Fundamental Frequency and Time Metrology—Random Instabilities xalqaro standartlariga muvofiq vaqt oralig‘i, ko‘tarilish va tushish vaqti, chastota va chastota stabilligini o‘lchash va noaniqligini baholash yuzasidan kalibrlash protseduralari ishlab chiqildi va 2024 yil 1 choragida laboratoriyani milliy akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan;

– vaqt va chastota birligi milliy etaloni BIPM CCTF ning CCTF-K001.UTC doimiy ravishda davom etadigan asosiy (key) solishtirishda kuzatuvchi sifatida

2023 yil noyabr oyidan boshlab ishtirok eta boshladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil