Bugungi kunda mahsulot sifati va o‘lchashlar aniqligi ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida asosiy omillardan biriga aylandi. Bu esa qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini kafolatlaydigan kalibrlash ishlarini rivojlantirishga ehtiyoj tug‘diradi. Kalibrlash laboratoriyasi sanoatning turli tarmoqlarida, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishda, o‘lchashlarning sifati va aniqligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajaradi.
![]() |
![]() |
Geometriya va massa yo‘nalishlarida O‘ZAK.KL.0010 raqamli “Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma”ga ega bo‘lgan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Andijon filiali jamoasi ham yuqoridagi talabga mos ravishda faoliyat olib borib, kalibrlash laboratoriyasining akkreditatsiya sohasini kengaytirishmoqda.
Faoliyat samarasida joriy yilning 19-dekabr kuni “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan taqdim etilgan 06/786-sonli “Xabarnona”ga asosan edilikda filial kalibrlash loboratoriyasida elektr yo‘nalishi analog ampermetr va voltmetrlarni kalibrlashdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, akkreditatsiya doirasi kengaytirildi.
![]() |
![]() |
Shuningdek, Farg‘ona filialida 1 mg dan 20 kg gacha o‘lchash ko‘lamidagi og‘irlik o‘lchash vositalari va differensial bosim o‘lchash vositalarini kalibrlash akreditatsiya doirasi kengaytirildi.
Qiyoslash bo‘yicha bir turdagi harorat va ikki turdagi tibbiyotda qo‘llaniluvchi past kuchlanishli radiotexnik o‘lchash vositalarini qiyoslashga akkreditatsiya doirasi kengaytirildi.
Olmaliq filiali akkreditatsiya O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq kalibrlash laboratoriyasi sifatida akkreditatsiya qilinib, filialning qiyoslash laboratoriyasining O‘ZAK.QL.0071-son akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomasi amal qilishi qayta tiklandi.



