Aniq vaqt

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashining navbatdagi 64-yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Belarussiyada bo‘lib o‘tgan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashining (MGS) navbatdagi 64-yig‘ilishida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilish doirasida birgina aniq o‘lchashlarga bog‘liq quyidagi masalalar muhokama qilindi:

– MDH ishtirokchi-davlatlari texnik jihatdan tartibga solish, davlatlararo standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya, me’yor va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat, sifat sohasidagi yutuqlari uchun “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mukofoti” tanlovini o‘tkazish;

– 2024 yilda “MDH MGS eng yaxshi yosh metrolog” xalqaro ko‘rik tanlovini sinov tariqasida o‘tkazish;

– O‘lchashlar birlililigini ta’minlash sohasida asos bo‘luvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqash va qayta ko‘rib chiqish Dasturini aktuallashtirish va ijro holati;

Yig‘ilishda Standartlar byurosi – MGS mas’ul kotibi Oʻzbekiston vakillarini MGS, ilmiy-texnik komissiyasi (NTKMetr) va uning ishchi guruhlaridagi faol ishtiroki va tashabbuskorligiga alohida toʻxtaldi. Jumladan: Tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar ishchi guruhi (RG IZ NTKMetr) faoliyatida O‘zMMI o‘lchash funksiyasiga ega bo‘lgan MGS doirasida yagona tibbiy texnika ro‘yxatini shakllantirishga doir va ISO 15189:2022 “Tibbiyot laboratoriyalari. Sifat va kompetentlikka talablar” xalqaro standarti asosida a’zo davlatlarda faoliyat yurituvchi barcha tibbiy laboratoriyalarga talablarni birxillashtirish maqsadida davlatlararo standart ishlab chiqish tashabbusi;

Putur yetkasmasdan tekshirish ishchi guruhi (RG NK NTKMetr) faoliyatida sanoat xavfsizligi va mahsulot sifatiga mas’ul putur yetkasmasdan tekshirish mutaxassislari uchun ISO 9712:2021 xalqaro standarti asosida yagona talablar joriy etilishi, shuningdek, ushbu talablar asosida mutaxassislarga taqdim etilgan sertifikatlar barcha a’zo davlatlar tomonidan e’tirof etilishi maqsadida O‘zMMI davlatlararo standart ishlab chiqqanligi belgilangan tartibda a’zo davlatlarga kelishishga taqdim etilganligi tashabbusi;

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Davlatlararo texnik qoʻmitalari (MTK) faoliyatida davlatlararo standartlarni xalqaro tashkilotlar hujjatlariga uyg‘unlashtirish va qayta koʻrib chiqish boʻyicha loyihalarda faol ishtiroki, oʻlchash natijalarini tan olinishida a’zo davlatlar milliy idoralari bilan hamkorligi va ularning mutaxassislarini Oʻzbekistonda malakasi oshirilayotganligi, yosh mutaxassislar va ilmiy innovatsion loyihalar bilan ishlash sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari diqqatga sazovor ekanligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish doirasida Tojikistonning “Tojikstandart” agentligi mutaxassislarini O‘zMMI laboratoriyalari bazasida malakasini oshirish, Qirg‘izistonning “Qirg‘izstandart” va Armanistonning Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha milliy organi bilan metrologiya sohasida ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

“Rosstandart” (Rossiya) vakillari bilan oʻtkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda OʻzMMI metrologiya laboratoriyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha kelishib olindi.

Yig‘ilish so‘ngida, Davlatlararo texnik qoʻmitalari (MTK) faoliyati doirasida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan standart namunalar va oʻlchash vositalari a’zo davlatlar bozoriga olib kirilishida oʻlchash natijalarini tan olinishida milliy idora tomonidan xalqaro va davlatlararo standartlarga asosan muvofiqlikni baholash sohasida tizimli ishlar tashkil etilishi yig‘ilish qatnashchilari tomonidan e’tirof etildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha MGSning qarorlari qabul qilinib, tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil