Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida onlayn o‘quv-seminar tashkil qilindi. Seminarni Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik fanlari doktori Shuhrat Xaydarov ko‘rgazmali ma’lumotlar asosida olib bordi.
Huquq vakili ma’ruzasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradarligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mavzu doirasidagi qonunchilik talablari haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘quv-seminari ta’sirchanligini oshirish, korrupsiya oqibatlarini keng tasavvur etitirish maqsadida ma’ruza davomida mavzuga doir videoroliklar namoyish qilindi.
Davlatni bir maromda rivojlanishi uchun har bir fuqaro o‘z ishiga vijdonan yondoshishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi, bir so‘z bilan aytganda “halollik vaksinasi”ni o‘ziga singdirishi muhim ekanligi ta’kidlab o‘tildi.