Aniq vaqt

Grand loyihasi doirasida metrologlar malaka oshirish dasturida ishtirok etishdi

“O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining standartlashtirish va metrologiya sohasidagi salohiyatini xalqaro amaliyotga muvofiq mustahkamlash” grant loyihasi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (UzNIM) va Latviya metrologiya markazi (LNMC) o‘rtasida imzolangan “Metrologiya sohasida ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv tuzilgan.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Latviya milliy metrologiya markazi o‘rtasidagi rejaga ko‘ra joriy yilning iyul oyi birinchi haftasida “Elektr kattaliklarini o‘lchash” yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shahri, Sirdaryo va Navoiy hududiy filiallaridan mutaxassislar Sardor Ikramov, Kamoliddin Maxamatov, G’ulom Egamberdiyev va Vohidjon Jamolovlar Latviya milliy metrologiya markazida malaka oshirishda ishtirok etishdi. Malaka oshirish davomida Latviya milliy metrologiya markazi elektr kattaliklari bo‘yicha kalibrlash imkoniyatlari va CMC-qatorlari bilan tanishgan mutaxassislar solishtirish ishlari bo‘yicha faoliyatda keng qo‘llanadigan va o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni chuqur o‘rganishdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil