O‘zbekiston milliy metrologiya institutining bosim kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasida xalqaro darajadagi Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) eksperti -Tavat Changpan tomonidan malaka oshirish amaliyoti olib borilmoqda. Mana o‘n kundirki institut metrologlari ishtirokida kalibrlash jarayonining bir qismi bo‘lgan kalibrlash nuqtasining noaniqligini baholash bo‘yicha manometrik bosim sohasida (gidravlika) mavjud ishlanmalar ustida qo‘shma tahli o‘tkazilmoqda.

Bu jarayonlar o‘lchashlar aniqligini eng yuqori darajalarini belgilash, xalqaro o‘lchashlar birliligini ta’minlashga xizmat qilib, yurtimizdagi o‘lchashlarning xalqaro darajada keng tan olinishiga yo‘l ochadi.
Eslatib o‘tamiz, malaka oshirish ishlari PTBning “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.