Aniq vaqt

DAVLAT BAYROĞI — MILLIY ĞURUR, VATANPARVARLIK VA IFTIXOR RAMZI

Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi huzuridagi Özbekiston milliy metrologiya institutida bayram tadbiri taşkil etildi.

Tadbirda Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli özbek kinorejissyori, ssenariynavis va aktyor Hilol Tölqinoviç Nasimov hamda uning öğli Fotih Nasimov iştirok etib, yiğilganlarga Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğulari haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Uçraşuv davomida Davlat bayroğining xalqimiz hayotidagi örni va ahamiyati, uning mustaqilligimiz, milliy özligimiz, tinçlik va osoyiştaligimiz timsoli ekani alohida ta’kidlandi.

Şuningdek, Vatanni seviş, uning tarixini hurmat qiliş, milliy ramzlarimizga ehtirom körsatiş, yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş har bir fuqaroning muhim burçi ekani qayd etildi.

Tadbir davomida mehmonlar bilan samimiy muloqot bölib ötib, san’at va kino ijodining inson ma’naviyati, dunyoqaraşi hamda vatanparvarlik tuyğularini şakllantirişdagi örni haqida fikr almaşildi.

Bayram tadbiri yakunida Hilol Nasimovning «Vatan ostonasi» nomli filmi namoyiş etildi. Film iştirokçilarda Vatanga sadoqat, oilaviy qadriyatlar, milliy ğurur va insonning öz yurti oldidagi mas’uliyati haqida yanada çuqur taassurotlar uyğotdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir xodimlar qalbida milliy ramzlarimizga bölgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlaş, Vatan taqdiriga daxldorlik hissini oşiriş hamda jamoada yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirişga xizmat qildi.

🇺🇿 Davlat bayroğimiz — mustaqilligimiz, birligimiz va yoruğ kelajagimiz timsoli!

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil