Aniq vaqt

Aуerozollarning massaviy konsentratsiyasini ölçaş vositalarini tekşiriş uçun yangi etalon

Özbekiston milliy metrologiya institutida (ÖzMMI) ayerozollarning massaviy konsentratsiyasini ölçaş vositalarini metrologiya tekşiruvidan ötkaziş uçun möljallangan zamonaviy etalonini foydalaniş uçun işga tuşiriş, sozlaş hamda xodimlarni öqitiş jarayonlari olib borilmoqda. ÖzMMI mutaxassislari xorijiy ekspertlar tomonidan ötkaziladigan etalon bilan işlaş, undan foydalaniş (ekspluatatsiya qiliş), şuningdek, ayerozol ölçaş vositalarini kalibrlaş böyiça maxsus öquv maşğulotlarida iştirok etdilar.

Mazkur kompleks yordamida sun’iy ayerozol hosil qiliş, zarraçalarni ölçamlari böyiça saralaş, ularning son va massaviy konsentratsiyasini aniqlaş hamda çang va ayerozol ölçaş vositalarining metrologik tavsiflarini baholaş orqali ekologiya, farmasevtika, mikroyelektronika, yarimötkazgiçlar va boşqa sanoat tarmoqlarida qöllaniladigan ölçaş vositalarining ölçaş natijalarini aniqligi va işonçliligini oşiriş imkonini beradi.

Uşbu etalon işga tuşurilişi natijasida milliy etalonlar soni 45 taga yetkaziladi.