Yangi Zelandiyaning Vellington şahrida Osiyo-Tinç okeani metrologiya dasturining (APMP) 42-Boş assambleyasi va tegişli yiğilişlar öz işini boşladi.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Özbekiston milliy metrologiya instituti (ÖzMMI) xodimlari ham faol iştirok etmoqda. Tadbir dasturi doirasida APMP texnik qömitalarining ixtisoslaştirilgan seminar va amaliy maşğulotlari (Workşop) taşkil etildi.
Quvonarlisi, ÖzMMI mutaxassislari Vaqt va çastota (TF), Ionlovçi nurlanişlarni ölçaş (RI) hamda Akustika, ultratovuş va vibratsiya (AUV) yönalişlarida nafaqat iştirokçi, balki xalqaro ekspert va ma’ruzaçilar sifatida ham faoliyat yuritmoqda.
Özbekistonlik mutaxassislarning mazkur seminarlarda ma’ruzaçi sifatida iştirok etişi ÖzMMIning tegişli metrologiya yönalişlaridagi ilmiy-texnik salohiyati, xalqaro tajribasi va mintaqaviy metrologiya hamkorligini rivojlantirişga qöşayotgan hissasining e’tirofidir.
APMP 42-Boş assambleyasi va tegişli yiğilişlar tadbirlari 2026-yil 21-noyabrga qadar davom etadi.