Aniq vaqt

«YANGI ÖZBEKISTON ŞUKRONALIGI» — TARIX, ILM-FAN VA METROLOGIYA UYĞUNLIGI

Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hali hamon yurtimiz böylab davom etmoqda. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taşabbusi bilan Andijon shahrining Örikzor mahallasidagi 24/7 gastronomik turizm köçasida «Yangi Özbekiston şukronaligi» loyihasi doirasida ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Unda Özbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi Andijon filiali xodimlari ham iştirok etib, yurtimizning boy tarixiy va ilmiy merosi, mustaqillik yillarida erişilgan yutuqlar bilan tanişdilar.

Tadbirda namoyiş etilgan fotokörgazmada mamlakatimizdagi bunyodkorlik işlari, taraqqiyot jarayonlari hamda buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-faniga qöşgan hissasi aks ettirildi.
Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning aniq ölçaş va hisoblaşga oid ilmiy izlanişlari, Mirzo Uluğbekning astronomik kuzatuvlari bugungi metrologiya sohasi bilan uzviy boğliq ekani alohida e’tirof etildi. Zero, aniqlik, işonçlilik va ilmiy yondashuv metrologiyaning asosiy tamoyillari hisoblanadi.

Şuningdek, tadbir doirasida taniqli san’atkorlar, şoirlar va ijodkorlar iştirokida yoşlar bilan oçiq muloqot taşkil etildi.
Mazkur tadbir xodimlarda milliy tariximiz va ilmiy merosimizga hurmat tuyğusini mustahkamlaş, şuningdek, metrologiya sohasining tarixiy ildizlari va bugungi ahamiyatini yanada çuqur anglaşga xizmat qildi.

Zero, buyuk ajdodlarimizdan meros bölib qolgan aniqlik va ilmga intiliş an’analari zamonaviy metrologiya taraqqiyotining muhim ma’naviy asosidir.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil