Poytaxtimizda Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan “Özgarayotgan dunyo uçun innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi rasman oçildi. Uç kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli işlanmalar va yangi biznes ğoyalar namoyiş etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar örtasida tajriba almaşiş va yangi loyihalarni yölga qöyiş uçun imkoniyatlar yaratiladi. Özbekiston milliy metrologiya instituti özining ilmiy-texnologik va konstruktorlik işlanmalari hamda yangi loyihalari bilan iştirok etmoqda.
Haftalikda:
1. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot taşkilotlariga 50 ta traktor bepul topşiriladi. InnoWeek–2026 doirasida Koreyada işlab çiqarilgan, siqilgan tabiiy gazda işlaydigan ekologik toza zamonaviy traktorlar taqdim etiladi.
2. Salkam 380 nafar hamyurtimiz taqdirlanadi. Haftalik doirasida olimlar, ixtiroçilar, tadqiqotçilar, startapçilar va innovatsion loyiha mualliflarining yutuqlari e’tirof etiladi. Jumladan, 32 nafar hamyurtimizga “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni topşiriladi.
3. 30 ta davlatdan 200 nafar xorijiy mehmon iştirok etadi. Uç kun davomida 21 ta tadbir, jumladan, xalqaro va mahalliy forumlar, konferensiyalar, taqdimotlar va ilmiy muloqotlar ötkaziladi. Taşrif buyuruvçilar soni 15 ming nafardan oşişi kutilmoqda.
4. Körgazmada 750 ta innovatsion mahsulot namoyiş etiladi. 265 ta mahalliy va xorijiy iştirokçi öz işlanmalarini taqdim etadi. Körgazmada mahalliy ilmiy taşkilotlar, startaplar, spin-off kompaniyalar hamda xorijiy hamkorlarning zamonaviy texnologiyalari örin oladi.
5. Xalqaro biznes hamkorlik va yangi loyihalar uçun maydon yaratiladi. B2B uçraşuvlar orqali mahalliy korxonalar xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar örnatiş, qöşma loyihalarni muhokama qiliş va innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş imkoniyatiga ega böladi.