Aniq vaqt

Ustoz va shogird: yillar oshsa-da uzilmaydigan rishta

Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga bo‘lgan yuksak ehtirom va minnatdorlik ifodasiga aylangan samimiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Metrologiya sohasida bugun o‘z bilimi, salohiyati va mehnati bilan munosib natijalarga erishayotgan, xalqaro maydonda O‘zbekiston nomini munosib tarzda namoyon etayotgan ko‘plab yosh mutaxassislarning ortida, avvalo, ustozning mashaqqatli mehnati, sabri va beqiyos hissasi bor.

Zero, ustozning eng katta yutug‘i — o‘zi erishgan natija emas, balki o‘zidan keyin munosib shogird qoldirishidir. Bugun bir vaqtlar ustozlaridan kasb sirlarini o‘rgangan shogirdlar turli yirik tashkilotlarda mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qilmoqda, sohaning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ularning bugungi yutuqlari — ustozlar bergan bilim va tarbiyaning eng munosib samarasidir.

Ustozlarning mehnati va bergan ta’limi samarasini bugungi kunda yuksak lavozimlarda faoliyat yuritayotgan shogirdlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Jumladan, bugun metrologiya sohasida mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ikki nafar shogird — Lazizbek Saidoripov – O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari hamda Sheroz Ismatullayev – O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori o‘z ustozlari bilan bir davrada jam bo‘ldilar. «Uch avlod uchrashuvi» doirasida kechgan samimiy muloqot ustoz-shogird an’analarining uzviy davomiyligi, tajriba va bilimning avloddan-avlodga o‘tib borayotganining yorqin namunasi bo‘ldi. Tadbirda shuningdek, el suygan sevimli aktyor Erkin Bozorov ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida ana shu ustoz va shogirdlar yana bir bor diydorlashib, samimiy suhbatlar qurdilar, xotiralarni yodga oldilar. Kechagi shogirdning bugungi muvaffaqiyatini ko‘rish — ustoz uchun eng katta mukofotlardan biri bo‘lsa, ustozning duosi va e’tirofini olish — shogird uchun ulkan baxtdir.

Ustoz — yo‘l ko‘rsatadi.
Shogird — shu yo‘lni davom ettiradi.
Ustozning nomi esa shogirdning yutug‘ida yashaydi.

Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning ezgu mehnatingiz, sabringiz va bergan bilimingiz metrologiya sohasining yangi avlod mutaxassislari kamolotiga xizmat qilmoqda.

Ustoz bor ekan — ilm bor, ustozning shogirdi bor ekan — uning ezgu merosi davom etadi!

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil