Bugun Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Jizzax hududiy filiali o’z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik sanoat korxonalari va buyurtmachilarni bir maydonda jamlab, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli hamkorliklarni shakllantirish uchun amaliy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirda avtomobilsozlik uchun detallar, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar, uskunalar hamda zamonaviy texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.