Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti provayderi qiyoslash laboratoriyalarini malakani tekshirish sxemalarida ishtirok etishga taklif etadi!

Laboratoriyangiz faoliyatini xolisona baholash, o‘lchash natijalarining ishonchliligini tasdiqlash hamda malakangizni xalqaro talablarga muvofiq oshirishni istaysizmi? U holda laboratoriyalararo solishtirishlar orqali tashkil etiladigan malakani tekshirish dasturlarida ishtirok eting!

Malakani tekshirish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

PT-8-2021 (V) — «Shtangensirkul»
PT-9-2021 (V) — «Silliq mikrometrlar»

🔹 Ishtirok etish orqali laboratoriyaning o‘lchash natijalarini baholash;
🔹 Mutaxassislarning kasbiy malakasini amalda sinovdan o‘tkazish;
🔹 Laboratoriya faoliyatidagi ehtimoliy xatoliklarni aniqlash va takomillashtirish;
🔹 O‘lchash natijalarining ishonchliligi va kompetentligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

📣 Qiyoslash laboratoriyalari va metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni ushbu malakani tekshirish sxemalarida faol ishtirok etishga taklif etamiz!

📩 Ishtirok etish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning
☎️+998712020011(1232) Gulchexra Ayupova, provayder@ nim.uz elektron pochta

Malakani tekshirish sxemalarida ishtirok etishga taklif

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil