Aniq vaqt

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL

2026-yil 28–30-sentabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mezbonligida “BIPM–COOMET UTC Summer School” xalqaro yozgi maktabi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli xalqaro tadbir Bureau International des Poids et Mesures (BIPM), COOMET TC 4 “Information and Training”, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida tashkil etilmoqda hamda IEEE UFFC tomonidan homiylik qilinmoqda.
BIPM–COOMET UTC Summer School’ning O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilishi mamlakatimizda vaqt va chastota metrologiyasi yo‘nalishining izchil rivojlanib borayotganini hamda O‘zMMIning xalqaro metrologiya hamjamiyatidagi faol ishtirokini namoyon etadi.
Yozgi maktabning asosiy maqsadi — Coordinated Universal Time (UTC) va milliy vaqt shkalalari UTC(k) ni yaratish, solishtirish, uzatish va ularning metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, COOMET va boshqa mintaqaviy metrologiya tashkilotlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini rivojlantirishdan iborat.
Dastur doirasida BIPM va turli mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining vaqt va chastota bo‘yicha yetakchi mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

Yozgi maktabning asosiy yo‘nalishlari:
UTC va UTC(k) vaqt shkalalari va ularning shakllantirilishi;
Atom soatlari va yuqori aniqlikdagi chastota etalonlarining ishlash prinsiplari;
GNSS orqali vaqt va chastotani uzatish texnologiyalari;
vaqt va chastota o‘lchashlarining metrologik kuzatiluvchanligi;
vaqt va chastota ma’lumotlarini statistik tahlil qilishda zamonaviy dasturiy va analitik vositalardan foydalanish;
vaqt va chastota o‘lchashlarida noaniqlikni baholash;
milliy vaqt va chastota infratuzilmasini rivojlantirish masalalari.

BIPM–COOMET UTC Summer School nafaqat bilim va tajriba almashish, balki vaqt va chastota metrologiyasi sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi mutaxassislarni tayyorlash va mintaqadagi milliy metrologiya institutlarining salohiyatini oshirish uchun muhim platforma hisoblanadi.

O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston
Sana: 2026-yil 28–30-sentabr

https://nim.uz/wp-content/uploads/2026/09/Анонс.pdf

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil