O‘zbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalarining salohiyati, zamonaviy moddiy-texnik bazasi va mavjud imkoniyatlarini tadbirkorlik subyektlariga keng targ‘ib qilish, shuningdek, ular bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida LabTour tashkil etildi.
![]() |
![]() |
Tadbir davomida tadbirkorlik subyektlari vakillariga institut laboratoriyalarining faoliyati, zamonaviy o‘lchash vositalari va laboratoriya uskunalari, mavjud sinov va o‘lchash imkoniyatlari hamda ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash, o‘lchashlarning metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash, o‘lchash natijalarining ishonchliligini oshirish hamda laboratoriya xizmatlaridan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda “BNZ” MChJ, “UNG-PETRO” MChJ,“Ablsoft” MChJ, “Topokad Service” MChJ, “Chinobod Neft Bazasi” MChJ tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan institut mutaxassislaridan batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusida metrologik xizmatdan foydalanish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbiri tadbirkorlik subyektlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalari imkoniyatlarini keng targ‘ib qilib salohiyatini oshirishga hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga zamonaviy va sifatli metrologik xizmatlarni ko‘rsatishni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

