Aniq vaqt

Davlat etalonlari xaridi: Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish maqsadida Submikron zarrachalar parametrlarini kalibrovka qilish stendini xarid qilish bo’yicha tender boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15-avgustdagi topshirig‘ida belgilangan muammolarni ilmiy jihatdan hal qilishga qaratilgan Ilmiy faoliyat bo‘yicha Davlat maqsadli dasturi doirasida amalga oshiriladigan amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda AL-9324104939 “Аerozollarning ommaviy kontsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi reja-jadvaliga muvofiq Submikron zarrachalar parametrlarini kalibrovka qilish stendini xarid qilish bo’yicha davlat xaridlari tender savdolari e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan 2026-yil 20-avgust kuni «O’zMMI» DM tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimi – etender.uzex.uz maxsus axborot portalida cheklanmagan miqdordagi shaxslar ishtiroki uchun еng yahshi kelib tushgan taklif prinspi asosida tender o’tkazilishi to’g’risidagi e’lon hamda tender hujjatlari joylashtirildi.

Tender ma’lumotlari:
Lot raqami: 26110012506501 (https://etender.uzex.uz/lot/506501)
Xarid predmeti: Submikron zarrachalar parametrlarini kalibrovka qilish stendi
Tender hujjatlarini qabul qilishning yakuniy muddati: 2026-yil 14-sentabr.

Barcha manfaatdor yetkazib beruvchilar va ishtirokchilar belgilangan muddatga qadar davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tenderda ishtirok etishlari mumkin.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil