Aniq vaqt

“Quantum Technologies in Measurements” xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi

O‘zbekistonda ilk bor kvant texnologiyalari o‘lchashlarda yozgi maktabi o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir zamonaviy metrologiya va yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalarini rivojlantirish, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash, milliy etalonlar bazasini takomillashtirish hamda kvant texnologiyalarining o‘lchashlar sohasidagi istiqbollari bilan bir qatorda kvant texnologiyalarini sanoatda qo‘llashni nazariy asoslari muhokama qilishga qaratilgan.

Xalqaro yozgi maktab doirasida kvant texnologiyalari, kvant metrologiyasi, yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar va sifat infratuzilmasini rivojlantirish, kvant kompyuterlarini yaratish texnologiyalari, kvant texnologiyasini milliy vaqt shkalasini yaratishdagi urni bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba taqdim etilmoqda.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni O‘zbekiston milliy metrologiya tizimiga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Tadbirda AQSh, Tailand va Chexiya milliy metrologiya instituti ekspertlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda sanoat mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida mehmonlar O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zamonaviy laboratoriyalari bilan tanishib, ularda amalga oshirilayotgan yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar, milliy etalonlarni saqlash va takomillashtirish, shuningdek, zamonaviy metrologik infratuzilma imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil