Aniq vaqt

Yoshlar — Vatanimizning buguni va ertangi kunining ishonchli bunyodkorlaridir

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutida yoshlar ishtirokida mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlik — inson hayotidagi eng katta imkoniyatlar, ezgu orzular va ulkan maqsadlar davri ekani alohida ta’kidlandi. Yosh avlodning bilim olishi, kasbiy salohiyatini oshirishi, zamonaviy fikrlashi va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Tadbirning maxsus mehmoni — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Zokirova bo‘ldi. Mehmon o‘zining hayotiy va ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlar bilan samimiy suhbat qurdi. U san’at va hayot yo‘lidagi izlanishlari, muvaffaqiyatga eltuvchi mehnat, intilish va qat’iyat haqida qiziqarli fikrlar bildirdi.
Ayniqsa, tadbirning samimiy va o‘ziga xos jihatlaridan biri — institutning hududiy filiallari xodimlari bilan onlayn muloqot tashkil etilgani bo‘ldi. Zoom platformasi orqali hududiy filiallardan tadbirga ulangan yoshlar va xodimlar mehmon bilan birma-bir suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Ra’no Zokirova har bir suhbatdosh bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, ularning fikrlarini tingladi, hayotiy tajribalaridan kelib chiqib qimmatli tavsiyalar berdi.
Masofalarni yaqinlashtirgan ushbu muloqot jarayonida turli hududlarda faoliyat olib borayotgan yoshlarning fikr va qarashlari ham o‘rtaga tashlandi. Bu esa tadbirni nafaqat bayramona uchrashuv, balki o‘zaro fikr almashish, tajriba ulashish va yoshlarni ruhlantirishga xizmat qilgan jonli muloqot maydoniga aylantirdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi maqsadlari, kasbiy rivojlanish va hayotiy tanlovlar borasida foydali fikrlarga ega bo‘ldilar.
Samimiy suhbatlar, ijodiy chiqishlar va iliq taassurotlarga boy kechgan tadbir yoshlar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

Zero, yangi hayot va yangi kelajakni bunyod etadigan kuch — bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan yoshlardir.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil