Yoshlar kuni doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutida yana bir quvonchli va qo‘shaloq tadbir tashkil etildi. Bu safar bayram quvonchiga maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan bolajonlar ham sherik bo‘ldilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda aziz bolajonlarning 1-sinfga ilk qadam qo‘yishi munosabati bilan Institutda xodimlarning farzandlari uchun maxsus bayram tadbiri o‘tkazildi.
Quvnoq kayfiyat, samimiy tabassumlar va bolalarning beg‘ubor kulgisi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Bolajonlar uchun turli qiziqarli dasturlar tashkil etilib, ularga unutilmas taassurotlar ulashildi.
Ayniqsa, Institut rahbariyati tomonidan 1-sinfga qadam qo‘yayotgan bolajonlarga bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Zero, «Yoshlar kuni» — yoshlar e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida bo‘ladigan ayyom. Bu kuni kichik yoshdagi bolajonlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularning quvonchi, ilk maktab qadami va shirin orzulariga hamohang bo‘lgan ushbu tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Aziz bolajonlar!Maktab ostonasidagi ilk qadamingiz muborak bo‘lsin! Yangi o‘quv yili sizlarga ulkan yutuqlar, yangi do‘stlar va unutilmas quvonchlar olib kelsin!
Mustaqilligimiz abadiy, farzandlarimizning kelajagi porloq bo‘lsin!