O’zbekiston milliy metrologiya instituti ga Kanadaning «GuildLine instrument» kompaniyasi tomonidan yuqori aniqlikdagi O’zgarmas tok qarshiligi boshlang’ich etaloni ishga tushirilmoqda. «GuildLine» kompaniyasining mutaxassisi Piter Ewart tomonidan O’zMMI mutaxassislari bilan birgalikda ushbu etalonni o‘rnatish va ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, etalondan foydalanish va kalibrlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o’quv-seminari tashkil qilindi.
Ma’lumot o’rnida, mazkur 42-etalon yordamida energetika tizimidagi o’zgarmas tok qarshiligi o’lchash vositalari va ko’priklari 0.1 mΩ – 20 PΩ o’lchash ko’lamida, 10 ppm aniqlikda o’lchash imkoniyatiga erishiladi.