Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Malayziya milliy metrologiya institutida malaka oshirib qaytdilar

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash” bo‘limi mutaxassislari Malayziya milliy metrologiya institutida malaka oshirish dasturida ishtirok etdilar. Mazkur o‘quv-amaliy tashabbus xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy metrologik yondashuvlarni o‘rganish hamda O‘zMMI faoliyatiga ilg‘or tajribalarni joriy etishga qaratilgan.

 

Dastur doirasida mutaxassislar burchak kattaliklarini o‘lchash va kalibrlash sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, aniqlikni ta’minlash mexanizmlari, xalqaro me’yoriy talablar hamda laboratoriya amaliyotida sinovdan o‘tgan ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular mazkur yo‘nalishda qo‘llaniladigan etalon uskunalar, kalibrlash tartib-taomillari, o‘lchash natijalarining ishonchliligini baholash hamda metrologik kuzatuvchanlikni ta’minlash bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Malaka oshirish jarayoni O‘zMMIda kelgusida burchak kattaliklari bo‘yicha kalibrlash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish va ularni xalqaro talablarga muvofiq ravishda tashkil etish uchun muhim asos yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, institutning texnik salohiyatini oshirish, mutaxassislarning kasbiy bilim va amaliy tajribasini boyitish, shuningdek, milliy metrologiya tizimida yangi yo‘nalishlarni samarali rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik natijalari kelajakda O‘zMMI tomonidan ko‘rsatiladigan metrologik xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish, o‘lchashlar aniqligi va ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, respublikada sanoat, ishlab chiqarish, texnik nazorat va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zamonaviy kalibrlash infratuzilmasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro tajriba almashinuvi, ilg‘or bilim va innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish milliy metrologiya institutlari faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega. Shu bois, O‘zMMI xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni izchil rivojlantirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish va metrologik xizmatlarni xalqaro darajaga olib chiqish yo‘lida tizimli ish olib bormoqda.

Mutaxassislar egallagan bilim ko‘nikmalarini Vatanga qaytgach tashkilot xodimlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil