Aniq vaqt

Mustaqillikning 35 yilligiga munosib yutuq: Qo‘qon filiali imkoniyatlari yanada kengaydi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasi Qo‘qon filiali jamoasi navbatdagi muhim yutuqqa erishdi. «O‘zbekiston akkreditatsiya markazi» davlat muassasasining Akkreditatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq, filial laboratoriyasining (akkreditatsiya raqami — O‘ZAK.QL.0035) akkreditatsiya sohasi kengaytirildi.

Mazkur yangilik Qo‘qon filiali mutaxassislariga tibbiyot, transport, sanoat hamda boshqa tarmoqlarda foydalanilayotgan o‘lchash vositalarini yangi xizmatlar asosida metrologiya tekshiruvidan oʻtkazish imkonini beradi. Bu esa hududdagi korxona va tashkilotlarda o‘lchashlarning aniqligi hamda ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kengaytirilgan akkreditatsiya sohasiga quyidagi o‘lchash vositalari kiritildi:

▶️Peshob tibbiyot analizatori – glyukoza, bilirubin, keton va oqsil ko‘rsatkichlarini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lib, glyukoza va oqsil bo‘yicha 0–2000 mg/dL, bilirubin bo‘yicha 0–4,0 mg/dL, ketonlar bo‘yicha esa 0–160 mg/dL diapazonni qamrab oladi. Ruxsat etilgan xatolik ±0,5 %;
▶️Termogigrometr – haroratni –10 °C dan +65 °C gacha, nisbiy namlikni esa 10 foizdan 95 foizgacha o‘lchaydi. Ruxsat etilgan xatolik harorat bo‘yicha ±0,3 °C, nisbiy namlik bo‘yicha ±2 %.
Dinamometrik (moment) kaliti – 0,5 N·m dan 500 N·m gacha bo‘lgan momentni o‘lchash imkoniyatiga ega. Ruxsat etilgan xatolik ±4 %;
▶️Harakatlanishda va o‘q bo‘yicha tortish uchun avtomobil tarozilari – 0,2 tonnadan 20 tonnagacha bo‘lgan yuklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Aniqlik sinflari: 0,2; A; B; C; D; E; F.
Qo‘qon filiali jamoasi tomonidan erishilgan ushbu natija mamlakatimiz metrologiya tizimini yanada rivojlantirish, zamonaviy va sifatli metrologik xizmatlarni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib hissa sifatida e’tirof etiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil