Aniq vaqt

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasida energiya tejash orqali institut mablagʻlari optimallashtirilmoqda

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, sohaga tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Bu borada Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasida ham tizimli ishlar amalga oshirilib, yuqori iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishilmoqda.

 

Xususan, muassasada issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida maʼnan eskirgan va energiya sarfi yuqori boʻlgan qozonlar oʻrniga zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega “Ferroli 600” rusumli avtomatlashtirilgan turbinali qurilmalar oʻrnatildi. Taqqoslash uchun, avvalgi yillarda eski rusumdagi uskunalar orqali fevral oyida oʻrtacha 42 320 kub metr tabiiy gaz sarflangan boʻlsa, yangi texnologiyalar tufayli bu koʻrsatkich keskin kamaydi.

Hisobot davrida 2025-yilning yanvar–iyun oylarida jami 83 154 m³ tabiiy gaz iste’mol qilingan bo‘lsa, 2026-yilning shu davrida iste’mol hajmi 63 895 m³ni tashkil etdi. Natijada 19 259 m³ tabiiy gaz iqtisod qilinib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 23,2 foiz tejamkorlikka erishildi.

Oylar kesimida tahlil qilinganda:

▶️yanvar oyida 11 884 m³ yoki 28,2 foiz;
▶️ fevral oyida 11 391 m³ yoki 38,4 foiz tabiiy gaz iqtisod qilindi;
▶️mart oyida esa 2025-yilga nisbatan 4 026 m³ ko‘proq tabiiy gaz iste’mol qilinib, iste’mol 35,5 foizga oshdi;
▶️aprel va may oylarida tabiiy gaz iste’moli amalda kuzatilmadi hamda mos ravishda 5 m³dan iqtisod qayd etildi;
▶️  iyun oyida tabiiy gaz iste’moli amalga oshirilmadi.

Tabiiy gazning o‘rtacha tarifi hisobga olinganda, 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 19 259 m³ tabiiy gaz iqtisod qilinishi natijasida 34 668 000 so‘m mablag‘ tejaldi.

Shuningdek, 2025-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan elektr energiyasi iste’moli 394 320 kVt·soatdan 325 380 kVt·soatgacha kamaydi. Natijada 68 940 kVt·soat elektr energiyasi iqtisod qilinib, amaldagi tariflar bo‘yicha jami 72 654 000 so‘m mablag‘ tejalishiga erishildi.
Yuqoridagi natijalar muassasada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda doimiy nazorat tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning amaliy samarasini yaqqol tasdiqlaydi.

OʻzMMI tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar natijasida nafaqat muassasa byudjetini optimallashtirish, balki mamlakatimizda energiya xavfsizligini taʼminlash va tabiiy resurslarni asrab-avaylashga qoʻshilgan munosib hissa boʻlmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil