Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi) doirasida hajm oʻlchashlar yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro qoʻshimcha solishtirishda ishtirok etdi.
Mazkur loyiha Xalqaro Oʻlchovlar va Tarozilar Byurosi (BIPM)ning Asosiy Solishtirishlar Maʼlumotlar Bazasida (KCDB) COOMET.M.FF-C14.a rasmiy kodi bilan roʻyxatga olingan.
Solishtirishning asosiy texnik tavsifi:
Mintaqaviy metrologiya tashkiloti: COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi);
Oʻlchash kattaligi: Hajm;
Oʻlchash diapazoni: 100 ml;
Pilot laboratoriya: TÜBİTAK UME – Turkiya Milliy Metrologiya Instituti;
Ishtirokchi milliy metrologiya institutlari: Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti va Ozarbayjon Milliy Metrologiya Instituti.
Mazkur xalqaro qo‘shimcha solishtirish Oʻzbekiston Milliy metrologiya institutining hajm oʻlchashlari boʻyicha milliy etalonining xalqaro darajadagi metrologik kuzatiluvchanligi va oʻlchash natijalarining ishonchliligini tasdiqlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, loyiha institutning xalqaro metrologiya hamjamiyati bilan hamkorligini yanada mustahkamlash hamda milliy kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (CMC)ni xalqaro miqyosda eʼtirof etishga muhim hissa qoʻshadi.
