Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti mutaxassislari Sian shahridagi Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS)ga tashrif buyurdilar.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
UzMMI mutaxassislari institutning laboratoriya majmuasi, uning tashkiliy tuzilmasi, texnik jihozlari va oʻlchovlarning bir xilligini taʼminlashning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishdilar.
Delegatsiya uzunlik, massa, bosim, vakuum, harorat, akustika, kuch, elektr kattaliklari, hajm, oqim va tibbiy oʻlchovlar laboratoriyalariga alohida eʼtibor qaratdi. Mutaxassislar qo‘llanilayotgan o‘lchov va kalibrlash usullarini, yuqori aniqlikdagi uskunalarni, hamda metrologik kuzatuvni taʼminlash va bajarilgan ishlarda yuqori sifatni saqlab qolish yondashuvlarini oʻrgandilar.
Bundan tashqari, UzMMI xodimlari mijozlar bilan o‘zaro hamkorlik markazi faoliyati bilan tanishdilar, u yerda SIMS mutaxassislari buyurtmalarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy raqamli yechimlarni, shuningdek, metrologik xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini boshqarish texnologiyalarini taqdim etdilar.
Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS) tajribasi bilan tanishish UzMMI mutaxassislarining metrologiya faoliyatini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, qo‘lladigan texnik yechimlar va raqamli xizmatlar haqidagi tushunchalarini kengaytirdi va professional tajriba almashish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi.



