Aniq vaqt

Sankt-Peterburgda metrologiya sohasining yirik tadbiri boshlandi: Diqqat markazida kimyo va biologiya

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri, aniqrog‘i D.I. Mendeleev nomidagi Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda. Bu yerda Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi tashkiloti (COOMET) tarkibidagi TK 1.8 «Fizika-kimyo» texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Joriy yilning 2-3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur xalqaro tadbirda soha mutaxassislari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Unda bugungi kunning eng dolzarb va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan masalalari atroflicha ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, xalqaro miqyosdagi asosiy va qo‘shimcha solishtirish ishlarining ayni paytdagi holati tahlil qilinmoqda. Metrologiyada davlatlararo o‘lchash natijalarining bir-biriga mos kelishi va xalqaro miqyosda tan olinishi aynan mana shunday solishtirishlar orqali ta’minlanadi. Ekspertlar mavjud natijalarni sarhisob qilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangi solishtirish ishlari bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini o‘rtaga tashlamoqdalar.

Ikki kun davom etadigan ushbu nufuzli yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar a’zo davlatlar, xususan, O‘zbekiston milliy metrologiya tizimining ham xalqaro integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil