Aniq vaqt

O‘zMMI GULFMET doirasidagi xalqaro solishtirishlarda yangi natijalarga erishmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Vaqt va chastota laboratoriyasi  Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) doirasidagi qo‘shimcha solishtirishlarda ishtirok etmoqda.

GULFMET-TF-S2 UTC Time Scales Between UTC(SASO), UTC(UME), UTC(UZ), UTC(NIS), UTC(EMI), UTC(AZ) Using Global Navigation Satellite Systems (GNSS) qo‘shimcha solishtirish muvaffaqiyatli yakunlanib, texnik xisobot Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasi (KCDB)da chop etildi (https://www.bipm.org/kcdb/comparison?id=2077). Ushbu solishtirishda ishtirok etish orqali O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ) ishonchliligi va barqarorligi yana bir marotaba tasdiqlandi. Qo‘shimcha solishtirish ishtirokchilari tomonidan solishtirish natijalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola SCOPUS bazasida indekslangan Yevropa Chastota va Vaqt Forumida chop etildi.

Shuningdek, bugungi kunda O‘zMMIda GULFMET.TF-S3 Raqamli sekundomerlarni qo‘shimcha solishtirish yuzasidan o‘lchashlar amalga oshirilmoqda. Ushbu qo‘shimcha solishtirishda muvaffaqiyatli ishtirok etish orqali O‘zMMIning Raqamli sekundomerlarni o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (CMC) xalqaro darajada e’tirof etilishiga erishiladi.

#BIPM #KCDB #GULFMET #UzNIM #TF #Supplementary_Comparison #SCOPUS

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil