Aniq vaqt

Maishiy gaz hisoblagichlarida navbatdagi qiyoslash ishlari olib borilmoqda

Maishiy gaz hisoblagichlarining metrologik tavsiflari, o‘lchash aniqligi va ishonchlilik ko‘rsatkichlarining belgilangan me’yoriy-texnik talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida navbatdagi tekshiruv va qiyoslash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining Bosim va sarfni o‘lchash bo‘limi mutaxassislari tomonidan zamonaviy yuqori aniqlikdagi gaz hisoblagichlarini qiyoslash qurilmalari yordamida belgilangan tartibda qiyoslash ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruv ishlarining asosiy maqsadi maishiy gaz hisoblagichlarining ekspluatatsiya jarayonida o‘lchash natijalarining aniqligi, ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash, shuningdek iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmining to‘g‘ri hisobga olinishidan iborat. Qiyoslash va sinov jarayonlari amaldagi davlat standartlari hamda metrologiya sohasidagi xalqaro talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilib, o‘lchash vositalarining texnik holati va metrologik xususiyatlari har tomonlama baholanmoqda. Ushbu ishlar aholi va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash hamda o‘lchashlar birligini saqlashga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil