Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 05.03.02 — “Metrologiya va metrologiya ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilar ishtirokida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda 2025 yilning II choragida mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan 13 nafar izlanuvchining dastlabki ilmiy natijalari muhokama qilindi. Izlanuvchilar o‘z dissertatsiya mavzulari doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlari, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ilmiy rejalari haqida taqdimot qildilar.
Seminar davomida tadqiqotlarni ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirish, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyatini oshirish, shuningdek, belgilangan muddatlarda yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda metrologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida ilmiy salohiyatni rivojlantirish va yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil