10-iyun kuni O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida Xitoy Elektr energiyasi tadqiqot instituti, Xitoyning yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Tunkia Co., Ltd vakillari hamda Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasi xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
Unda milliy texnik standartlar, muvofiqlikni baholash va sifat infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashish, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti uchun yangi etalonlar xarid qilish hamda yangi xalqaro solishtirish loyihalarini tashkil etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar metrologiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.

