Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ilk bor EURAMET Bosh assambleyasida (Yevropa milliy metrologiya institutlari assotsiatsiyasi) ishtirok etmoqda.

Xabaringiz bor, 2025-yil iyun oyida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan EURAMET (European Association of National Metrology Institutes) 19-Bosh Assambleyasida barcha a’zolar tomonidan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining xalqaro hamkorlikdagi faolligi va mintaqaviy yetakchi o‘rni alohida e’tirof etilib, institutning EURAMET faoliyatida Liaison Organisation (hamkor tashkilot) – assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida ishtiroki to‘liq ma’qullangan edi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Yevropa metrologiya tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish, EURAMETning rasmiy maydonlarida, yig‘ilishlari va loyihalarida to‘laqonli qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritgan edi.

Ayni damda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti delegatsiyasi Gruziya davlatida xizmat safarida bo‘lib, EURAMET Bosh assambleyasida birinchi marotaba ishtirok etib turibdi turibdi.

Bosh assambleya majlislari doirasida EURAMET tarkibiy organlari faoliyati natijalari ko‘rib chiqilib, yillik hisobotlar taqdim etiladi, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq dolzarb masalalar, shuningdek, uning strategik rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish O‘zMMI uchun alohida ahamiyatga ega. 2025-yilda institut EURAMET Associate NMI maqomini oldi va tashkilotning birinchi assotsiatsiyalangan milliy metrologiya instituti hamda uning tarkibidagi Markaziy Osiyoning yagona vakili bo‘ldi.

Bosh assambleya davomida O‘zMMI delegatsiyasi institutning hozirgi holati, so‘nggi yillardagi asosiy yutuqlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari haqida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida EURAMET bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, jumladan, asosiy va qo‘shimcha taqqoslashlarda ishtirokni oshirish, shuningdek, tashkilot homiyligida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.

EURAMET Bosh assambleyasida ishtirok etish O‘zMMI xalqaro hamkorligini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, O‘zbekiston milliy metrologiya tizimini jahon metrologiya hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: EURAMET — Yevropaning mintaqaviy metrologiya tashkiloti bo‘lib, 1987-yilda tashkil etilgan EUROMETning davomchisi sifatida 2007-yildan Germaniyada assotsiatsiya sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Tashkilot Yevropa Ittifoqi ва Еvropa erkin savdo assotsiatsiyasi mamlakatlarining 38 ta milliy metrologiya institutini, shuningdek, 76 ta vakolatli ilmiy markaz va tashkilotlarni birlashtiradi. 2025-yil ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ham qo‘shilgan. Shu sababli Xalqaro nufuz va ishonch — Markaziy Osiyoda yagona hamkor sifatida O‘zbekistonning metrologiya sohasidagi yetakchi o‘rni tasdiqlangan. Bugungi kunga qadar EURAMET doirasida 9 ta TQ yig’ilishida (AUV, T, PR, TF, EM, M, L, QS, IM yo’nalishlari) ishtirok etildi, 3 ta solishtirish loyihasida ishtirok etilmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil