O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi hamda Germaniya Federal Fizika-Texnika instituti (PTB) vakillari hamkorligida respublika metrologiya xizmatlari mutaxassislari hamda yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishda metrologiyaning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
![]() |
|
![]() |
![]() |
Tadbir davomida mamlakatimizda metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, metrologik laboratoriyalarni akkreditatsiyalash va avtorizatsiyalash jarayonlari, xalqaro kalibrlash hamda verifikatsiya tizimlari bo‘yicha keng qamrovli muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida mazkur yo‘nalishlardagi dolzarb masalalar yuzasidan savol-javoblar hamda o‘zaro fikr va tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniya Federativ Respublikasining Fizika-Texnika instituti (PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Tadbir milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish, sohani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoni bo‘ldi.


