Aniq vaqt

O‘ZBEKISTON METROLOGIYASI: JAHON STANDARTLARI SARI HARAKAT

Hurmatli metrologiya sohasi xodimlari!

20 may – Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan sohada faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislar, ishchi va xizmatchilarni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildiraman! Metrologiya – bu nafaqat o‘lchashlar aniqligini ta‛minlovchi ilmiyamaliy soha, balki iqtisodiyot barqarorligi, sanoat rivoji, inson salomatligi va xavfsizligini kafolatlovchi muhim omildir.

Har qanday ishlab chiqarish jarayoni, har bir sohadagi xizmat ko‘rsatish sifati, har bir mahsulot raqobatbardoshligi aniq va ishonchli
o‘lchashlarga tayanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda metrologiya sohasini rivojlantirish, uni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi islohotlar iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o‘sishi, mahsulotlar sifati va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda metrologiya tizimi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinib, zamonaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan laboratoriyalar tashkil etilmoqda, mutaxassislarning malakasi muntazam oshirilmoqda.

Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlik va shaffoflikni ta‛minlash, ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini kengaytirmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llabquvvatlash, ularga qulay shartsharoitlar yaratish maqsadida metrologik xizmatlar ko‘lami kengayib borayotganligi alohida tahsinga loyiq. Bu esa mahsulot sifati ustidan nazoratni kuchaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2025-yil 27-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalqaro metrik Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonun imzolangan edi. Mazkur hujjat O‘zbekistonning xalqaro metrologiya tizimiga integratsiya lashuvida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu qadam
orqali mamlakatimiz 1875 yilda tashkil etilgan nufuzli Xalqaro metrik Konvensiyaning to‘laqonli ishtirokchisiga
aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2026-yil 13-aprel kuni – O‘zbekiston rasman Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM)ning to‘laqonli a‛zosi bo‘lganligi e‛lon qilinishi O‘zbekiston metrologiyasi sohasida alohida muhim sana hisoblanadi. Bu voqea mamlakatimiz metrologiya sohasi uchun beqiyos ahamiyat kasb etib, xalqaro o‘lchov standartlarini shakllantirishda ishtirok etish, BIPM va uning konsultativ qo‘mitalari faoliyatida to‘laqonli qatnashish, milliy mutaxassislarning xalqaro darajada malaka oshirishi, o‘lchashlar birligini xalqaro talablar asosida ta‛minlash, mahsulot va xizmatlarning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish, investorlar ishonchini mustahkamlash va eksport salohiyatini kengaytirish, xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarni yaxshilashga zamin yaratadi.

Bugungi kunda tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozor talablariga javob berishini ta‛minlash, umuman ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni sifat jihatidan yuksaltirish metrologiya tizimiga katta mas’uliyat yuklamoqda. Shu maqsadda 2024-yili O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali negizida zamonaviy va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan jihozlangan laboratoriyalar majmuasi tashkil etildi. Mazkur majmua o‘lchashlarning yagona birlikda
bo‘lishini ta‛minlashga qaratilgan bo‘lib, u massa, bosim, harorat, elektr, fizikkimyo va geometriya yo‘nalishlarini qamrab olgan 6 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Yaratilgan ushbu imkoniyatlar natijasida laboratoriya majmuasi yiliga 35–40 ming dona o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazish (qiyoslash, metrologik attestatlash va kalibrlash) ishlarini amalga oshirish quvvatiga ega bo‘ldi. Ayni paytda filial laboratoriyalarida 100 dan ortiq zamonaviy namunaviy o‘lchash va sinov qurilmalari va vositalaridan foydalanilmoqda.

Bu esa o‘z navbatida, hududdagi eksportyor korxonalar va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan metrologik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, neftgaz, metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati hamda tibbiyot sohalarida qo‘llaniladigan o‘lchov asboblariga metrologik xizmatlar endilikda hududning o‘zida ko‘rsatilayotganini alohida e‛tirof etish joiz. Bu orqali ilgari Toshkent shahriga olib borilib metrologik tekshiruvdan o‘tkazilgan asbob uskunalar uchun sarflanadigan ortiqcha vaqt va xarajatlar sezilarli dara jada qisqardi.
Eng muhimi, mazkur laboratoriyalar majmuasi uzoq yillar davomida tadbirkorlarimizga, ishlab chiqarish kor xonalariga hamda xalq xo‘jaligining barcha tarmoq lariga samarali xizmat qilib, hududning iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.
Albatta, bunday maxsus laboratoriyalar mamlaka timizning barcha hududlarida barpo etilib, xalqimiz farovonligi yo‘lida munosib xizmat qilmoqda.

Hurmatli metrologiya sohasi fidoyilari!
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va yuksak kasbiy mahoratingiz tufayli mamlakatimizda o‘lchashlar aniqligi ishonchli ta‛minlanib, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida sifat va samaradorlikning yangi bosqichlariga erishilmoqda. Ayniqsa, sohada joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar va xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritish borasidagi sa‛yharakatlaringiz yuksak e‛tirofga loyiq.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxtsaodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan yutuqlar, yangi marralar va yuksak zafarlar tilayman! Yana bir bor metrologiya kuni – kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Amanbay O‘rinbayev,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil