Aniq vaqt

“Inson uchun” ko‘rgazmasida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti ham faol qatnashdi

12−13 may kunlari Bosh vazir rahbarligida “Inson uchun” shiori ostida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar respublika ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti mas’ul xodimlari ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan tadbirkor va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan yaqindan tanishilib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ko‘rgazmada namoyish etilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Bu esa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning bandligini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini rag‘batlantirish hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida turli yo‘nalishdagi mahsulotlar namoyish etilib, ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil