Aniq vaqt

O‘zbekiston–Chexiya biznes forumi doirasida metrologiya sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan metrologiya sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash infratuzilmasini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Chexiya biznes forumi” doirasida muhim uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga Chexiya metrologiya instituti direktori doktor Irji Tesar (Jiří Tesař) boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar metrologiya sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy o‘lchash texnologiyalarini joriy etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari institutning zamonaviy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ularga yuqori aniqlikdagi o‘lchash uskunalari, etalonlar bazasi, kalibrlash va sinov jarayonlari, shuningdek, xalqaro standartlar talablariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan sifat boshqaruv tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil